Microsoft Word ibodati islomiya ziyouz com doc



Yüklə 307,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/93
tarix14.10.2023
ölçüsü307,84 Kb.
#155265
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   93
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
73
Faqirlarga beriladi, boshqa o’rinlarga berilmaydi. 
– Ijaraga olingan yerda o’sgan ekinlarga ushurni kim beradi? Yer egasimi yo ijaraga olib 
ekin ekkan kishimi?
– Yerni ijaraga olib ekin qilgan kishi beradi. Ba’zi ulamolar yer egasi beradi, deganlar. 
Fitr sadaqasi
– Fitr sadaqasi qanaqa sadaqadir?
– Ramazon oyidan keyin fitr hayiti kunida beriladigan sadaqadir. 
– Fitr sadaqasi berish qanday kishilarga vojib?
– Shariatda boy deb hisob qilinadigan kishilarga vojib bo’ladi. 
– Qancha moli bo’lgan kishilar shariatda boy hisoblanadi?
– O’z hojatidan ortiq kumush nisob miqdoricha (ya’ni, o’ttiz so’m va undan ziyoda) moli 
bo’lgan kishi boy hisob qilinadi. 
– Shuncha moli bo’lgan kishi sadaqa olsa bo’ladimi?
– Durust bo’lmaydi, haromdir. Unday kishiga berilgan zakot, ushur, fitr sadaqasi, fidya 
va boshqa sadaqalar hech qaysisi sadaqadan hisob qilinmaydi. 
– O’z hojatidan ziyoda o’ttiz so’m miqdoricha moli bo’lmagan kishiga fitr sadaqasi berish 
vojib bo’ladimi?
– Vojib bo’lmaydi, lekin agar bersa, savobsiz qolmaydi. 
– Faqir kishilarga ham fitr sadaqasi berish vojib, deyish durustmi?
– Durust emas. Sadaqa berish vojib, degan kishi zo’r gunohkor bo’ladi. Go’yo shariatga 
xiyonat qilgan hisoblanadi. 
– Fitr sadaqasini bir kishi faqat o’zi uchungina beradimi yoki o’ziga qarashli boshqa 
kishilar uchun ham berishi vojibmi

– O’zi uchun ham va yosh bolalari uchun ham berishi vojibdir. 
– Xotini uchun, katta yoshdagi bolalari uchun, mollik sabiy yosh bolalari uchun fitr 
sadaqasini berish vojib bo’ladimi?
– Vojib bo’lmaydi. Agar boy bo’lsalar, ularning o’z gardanlariga vojib bo’ladi. 
– Agar bir kishi xotini, katta yoshdagi bolalari va mollik sabiy yosh bolalari, xizmatkorlari 
uchun fitr sadaqasini o’zi bersa, durust bo’ladimi?
– Albatta, durust bo’ladi. 
– Fitr sadaqasini qaysi vaqtda berish vojib bo’ladi?
– Ramazon o’tgandan so’ng, hayit kuni tong otgach, berish vojib bo’ladi. 
– Qaysi vaqtda bersa, savobliroq bo’ladi?
– Fitr hayiti kuni hayit namozi o’qilmasdan ilgari berish savobliroqdir. 
– Agar bir kishi fitr sadaqasini hayit namozini o’qiguncha ado qilolmasa, u kishi nima 
qiladi?
– Hayit namozini o’qigandan so’ng beradi, bermasdan qoldirmaydi. 
– Hayit kuni bo’lguncha ramazon ichida fitr sadaqasini berib qo’yish durust bo’ladimi?
– Durust bo’ladi. 
– Fitr sadaqasi qanday kishilarga beriladi?
– Zakot beriladigan faqir kishilarga. 
– Har bir kishi uchun fitr sadaqasining miqdori qancha?
– Har bir kishi yarim so’ bug’doy yoki bir so’ arpa yoki yarim so’ xurmo yoki bir so’ 
mayiz berishi vojib bo’ladi. 
– «So’» qanchaga teng keladigan o’lchovdir?
– Sakkiz yuz yigirma sakkiz misqol, ya’ni sakkiz qadoq miqdoricha bug’doy sig’adigan 


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 

Yüklə 307,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin