Microsoft Word ibodati islomiya ziyouz com doc


Zakot beriladigan kishilar



Yüklə 307,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/93
tarix14.10.2023
ölçüsü307,84 Kb.
#155265
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   93
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya

Zakot beriladigan kishilar
– Zakotni qanday kishilarga bermoq durustdir?
– Nisobga yetgudek moli bo’lmagan faqir va miskin kishilarga, moli o’z qo’lida bo’lmagan 
musofir kishiga va baytul mol uchun zakot yig’moqchi bo’lgan kishiga berish durust 
bo’ladi. 
– Qay tariqa beriladi?
– Baytul molga tayin qilingan kishidan boshqaga o’z qo’llariga mol qilib, mulk qilib 
topshirish lozim.
– Sadaqalarni yig’ishga tayinlangan zakot omili bo’lgan kishiga zakotni topshirayotganda 
zakot uchun yig’ilgan moldan ma’lum bir qismi xizmat haqqi, deb bersa, durust 
bo’ladimi?
– Ha, zakot yig’uvchi boy kishi bo’lsa ham, unga zakot molidan bir miqdor berish 
shariatda durust sanaladi.
– Faqirlarga taom qilib bersa, osh qilib yedirsa, zakotdan hisob qilinadimi?
– Zakotdan hisob qilinmaydi, chunki osh qilib oshatish butun topshirib mulkidan chiqarib 
berish emasdir. Agar oshni butunlay o’z qo’llariga berib yuborsa, zakot hisoblanaveradi. 
– Zakotni xayriya jamiyatiga bersa, zakot hisobiga o’tadimi?
– To’ppa-to’g’ri xayriya jamiyatiga bersa, hisob bo’lmaydi, xayriya jamiyati xazinadorini 
fuqaroga topshirish uchun vakil qilib bersa, xazinador u aqchani xayriya jamiyati 
aqchasiga aralashtirmasdan boshqa saqlab, fuqaroga tamlik qilib bersa, albatta, 
zakotdan hisoblanadi.
– Zakotga degan aqcha ila maktab, madrasa, masjid bino qilish yoki ko’prik qurish va 
yoki yo’l tuzatish, mayyit dafn qilish va shunga o’xshash ishlarni qilish durust bo’ladimi, 
zakot hisob qilinadimi?
– Hisob qilinmaydi. 
– Kishining gardanida bo’lgan olinadigan pul yoki molni zakotga hisob qilish durust 


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
72
bo’ladimi?
– Durust bo’lmaydi. 
– Kishidagi olinadigan aqchasi zakot o’rniga hisob qilmakni xohlagan kishiga nima qilish 
lozim?
– Qarzdor kishiga qarz miqdoricha zakotdan berish kerak, shunda u aqcha qarzdorning 
aqchasi bo’ladi, keyin u qarzdor qarzini ado qiladi. 

Yüklə 307,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin