Microsoft Word ibodati islomiya ziyouz com doc



Yüklə 307,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/93
tarix14.10.2023
ölçüsü307,84 Kb.
#155265
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   93
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
69
– Qanaqa mol bo’lsa ham, sotishga niyat qilingan moldir. 
– Zakot beriladigan hayvonlar qaysi hayvonlardir?
– Qo’y, echki, ho’kiz, sigir, tuya, ot singarilar, agar ular olti oydan ziyod sahroda 
o’tlaydigan bo’lsa, zakot beriladigan hayvonlar qatoriga o’tadi. Xachir, eshak, ohuga 
o’xshash hayvonlardan zakot berilmaydi. 
– Hovlida xizmat uchun yoki suti uchun yoki juni uchun saqlanadigan hayvonlardan ham 
zakot beriladimi?
– Berilmaydi. 
– Dashtda yoki tog’da bo’lgan ekin va pichanga o’xshash va ham asal uchun zakot 
beriladimi?
– Ularga o’xshash yerdan chiqadigan narsa uchun va ham asal uchun zakot berilmaydi
ushur beriladi. Ushurning bayoni quyiroqda keladi. 
Pul va savdo mollarining nisoblari 
– Oltinning nisobi qancha?
– Yigirma misqol. Ya’ni, yigirma misqol oltini bor kishiga ushbu oltindan zakot bermog’i 
farz bo’ladi. (1 misqol - 4,68 grammga teng.) 
– Yigirma misqol oltindan qancha zakot beriladi?
Qirqdan biri, ya’ni uch yarim misqoli beriladi. 
– Kumushning nisobi qancha?
– Ikki yuz tanga. Ya’ni, yuz qirq misqol kumushi bor kishiga ushbu kumushdan zakot 
bermog’i farz hisoblanadi. 
– Yuz qirq misqol kumushdan qanchasi zakotga beriladi?
– Qirqdan biri, ya’ni uch yarim misqol miqdori beriladi. 
– Uch yuz qirq misqol kumush necha so’m bo’ladi?
– Bu zamonda o’ttiz so’m chamasi bo’ladi.
Bu hisobga qaraganda, o’z hojatidan ziyoda necha so’m aqchasi bor kishiga zakot 
bermak farz bo’ladi?
– O’z hojatidan ziyoda o’ttiz so’m aqchasi bor kishiga zakot berish farzdir. 
– Qo’lida nisobga yetgan aqchasi bo’lib, hovlisi va yeri va boshqa zarur narsalari 
bo’lmagan, ijarada istiqomat qiladigan kishining zakot berishi farzmi?
– Farz bo’lmasa kerak, ixtiloflidir. 
– Sotiladigan mol nisobining miqdori qancha?
– Bahosi yuz qirq misqol kumush bahosi bo’lsa. Chunki sotiladigan mol o’z bahosi 
miqdoridagi kumush hukmidadir.
– Bu hisobga qaraganda necha so’mlik sotiladigan mol bo’lsa, zakot berish farzdir?
– O’ttiz so’mlik chamasi bo’lsa, zakot berish farz bo’ladi. 
– Nisobga yetgan sotiladigan molidan qanchasi zakot beriladi?
– Oltin-kumushga o’xshash qirq bo’lakdan bir bo’lagi beriladi. Masalan, qirq so’mlik 
sotiladigan mol bo’lsa, bir so’m zakot beriladi. 
Bir kishining bir oz oltini, bir oz kumushi va bir oz sotiladigan moli bo’lsa-da, lekin 
alohida-alohida hech biri nisobga yetmasa, u kishiga zakot bermak farz bo’ladimi?
– Mazkur mollarning bahosi bir-biriga qo’shib hisoblanadi, agar jami bahosi kumush 
nisobiga yetsa, zakot berishi farz bo’ladi, yetmasa, farz bo’lmaydi. 

Yüklə 307,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin