121
Quritish quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi: uzatilayotgan issiqlik
bilan quritilayotgan mahsulotni to’g’ridan-to’g’ri kontaktda bo’lishi; uzatilayotgan
issiqlikni ajratuvchi to’siq orqali issiqlik tashuvchi bilan quritilayotgan mahsulot
to’g’ridan-to’g’ri kontaktda bo’lmasligi; infraqizil nurlar bilan quritish;
chuqur
vakuum ostida mahsulotlarni muzlatilgan holatda quritishning sublimatsion usuli.
Quritish usuliga bog’liq holda quritkichlarni tiPi va konstruktsiyasi tanlab
olinadi. Go’sht va Parranda go’shtini qayta ishlash korxonalarida infraqizil nurlari
yordamida va sublimatsion quritish usullari hozirda keng qo’llanilmagan.
Davriy (shkafli, kamerali) yoki uzluksiz (lentali, tunnelli, valtsli,
barabanli, sochuvchan) ravishda ishlaydigan quritkichlar mavjud.
Quritkichlar mahsulotni quritishni amalga oshirish uchun quritish
kamerasidan, quritkichga kelayotgan havoni isitish va tozalash moslamasi, havoni
uzatish uchun ventilyator, changlarni yoki quritilgan
mahsulot qismlarini
(bo’lakchalarini) tutuvchi moslama va sochuvchan disk yoki baraban,
transPortyor lentasi uzatmasi mexanizmlaridan iborat bo’ladi.
Quritkichlar hisobiga mahsulotdan bug’latilayotgan namlik miqdorini,
havoning sarfini, havoning Parametrlarini, ventilyator unumdorligi va quvvatini,
kalorifer o’lchamlari va bug’ning sarfini, quritkichning
unumdorligini aniqlash
kiradi.
Quritkichning issiqlik balansi quritkichni kaloriferiga havo bilan
kiritilayotgan, kelish qismini
ifodalovchi issiqlikdan; mahsulot tarkibidan
bug’latilayotgan namlik bilan quritkichga kiritilayotgan issiqlikdan; quritilayotgan
mahsulot bilan quritkichga va kaloriferga olinayotgan havo bilan kiritilayotgan
issiqliklar, quritkichdan chiqarilayotgan, havo bilan issiqlikni sarflanishining sarfiy
qismini ifodalovchi issiqlikdan; atrof-muhitga yo’qotilayotgan va quritkichdan
ketayotgan issiqlikni sarflanishidan iborat.
Quritkichdagi issiqlik va havoning sarfini hisoblash uchun nam havo uchun i
– d diagrammasidan yoki shunga mos jadvallardan foydalaniladi.
Nazariy jihatdan quritkichda, mahsulotni issiq havo bilan quritishda uni
issiqlik ushlashi doimiy holatda, namlik ushlashi esa mahsulotdan bug’latilayotgan
namlik hisobiga ortib borishi e’tiborga olinadi.
Kaloriferga kelayotgan havoning boshlang’ich namlik ushlashini d
o
, issiqlik
ushlashini I
0
, nisbiy namligini
φ
0
va
haroratni t
o
belgilab olsak, unda kaloriferda
isitishdan keyin havoning harorati t
1
gacha oshadi, nisbiy
namligi esa
φ
1
gacha
kamayadi, namlik ushlashi o’zgarmaydi d
o
= d
1
, issiqlik ushlashi I
1
gacha ortadi.
Kaloriferda isitilgan havo quritkichga kelib tushadi va harorati kamayadi,
nisbiy namligi esa
φ
2
gacha ortadi, issiqlik ushlashi o’zgarmaydi I
2
=I
1
, namlik
ushlashi mahsulotdan namlikni bug’lanishi hisobiga d
2
gacha ortadi.
Amaliy quritkichni xisoblashda esa issiqlikni turli xildagi yo’qotishlar soni
keltirilgan qonuniyatlardan chetga chiqishini inobatga olish kerak.
Dostları ilə paylaş: