193
73-rasm. Bug’da Pishirish kameralari:
a
– temir betonli;
b
- metalli:
1-kamera devori; 2-termoizolyatsiya; 3-suv
uchun Poddon; 4-to’kish
teshigi; 5-eshik; 6-osma yo’l; 7-rama; 8-bug’ kelish quvuri; 9-suv kelish quvuri.
Kameraga metall eshik 5 o’rnatilgan, u orqali kamerani yuklash va
undan mahsulotni tushirish oPeratsiyalari bajariladi. Eshik Perimetr bo’yicha
zich yoPiladi va vintli zatvor yordamida tortiladi. .
Mahsulot ramkalar 7 da yuklanadi. Ramkalar 2,45
m
balandlikda joylashgan
osma yo’llar 6 orqali kameragi olib kelinadi. Kameralarning sig’imi bir, ikki va
uch ramaga moslashtirib quriladi. Uch rama sig’adigan kamera o’lchami 1,45x3,4
m
, yuklanadigan mahsulotning maksimal miqdori 600
kg
.
Bug’ kameraga quvur 8 orqali Poddondagi suv orqali yoki bevosita o’tkir
bug’ ko’rinishida beriladi. Poddondagi suv orqali beriladigan bug’ni
namligini
kerakli darajada oshirish mumkin. Poddonga suv quvur 9 orqali keladi, kamera
ustida o’rnatilgan dudlash qurilmasi orqali esa ushbu
suv Pishirilgan mahsulotni
ramkalarda sovutish uchun ishlatiladi.
194
Bug’ning o’rtacha sarfi 1
t
mahsulot uchun 185
kg
, suvniki esa 55
l
ni tashkil
etadi. Ishchi bosim 2
atm
.
73,
b -
rasmda metalli bug’ bilan Pishirish kamerasi tasvirlangan. U metall
karkas 1 dan iborat bo’lib, shlakvata 2 bilan 50
mm
qalinlikda izolyatsiyalangan va
zanglamas Po’lat listlari bilan qoPlangan. Kamera Poli temirbeton, azbokarton va
azbozurit bilan 150
mm
qalinlikda izolyatsiyalangan. Polda Poddon 3 o’rnatilgan,
unda suyuqlik to’kish teshigi 4 mavjud. Kameraning
ust qismida kameraga
mahsulotli ramalarni 7 yuklash uchun osma yo’l 6 o’rnatilgan. Kamera metall
eshik 5 bilan zich berkitiladi. Bug’ quvur 8, suv esa quvur 9 orqali beriladi.
CHexiya va Vengriya bir ramali ko’chma metalli bug’ bilan Pishirish
kameralarini ishlab chiqaradi. Ular issiqlik jarayonini
avtomatik nazorat qilish va
rostlash Priborlari bilan ta’minlangan.
Bug’ bilan Pishirish kameralarida, issiqlik kamerani metall qismlarini
(ramalar, osma yo’llar va h.q.) kamera haroratigacha
dastlabki qizdirishga,
mahsulotni Pishirish haroratigacha qizdirishgacha, Pishirishga va tashqi muhitga
sarflanadi.
Bug’ bilan Pishirish kamerasida issiqlikni
foydali ishga sarfi va
yo’qotishlari summasi issiqlikka ehtiyojni aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: