I BOB.
DASTURLASH TEXNOLOGIYASI. OBYEKTLARNI BOSHQARISH
28
4.
Circle (ellips) uskunasini tanlang. Ranglar palitrasidan shokolad
rangini, ya’ni to‘q jigarrangni tanlang. Sahnaga quyidagi ko‘rinishdagi
shaklni chizing:
5.
Reshape (formani o‘zgartirish) uskunasini
tanlang. Yaratilgan
shaklni transformatsiya
qilish (bir shakldan boshqa shaklga o‘tkazish)
uchun obyektga rasmdagi kabi 4 ta qo‘shimcha
tayanch nuqtalarni joylashtiring [tayanch
nuqtalar qo‘yilishi kerak bo‘lgan joylar
(shakl chegarasi)da
sichqonchaning chap
tugmachasini 1 marta bosing].
6. Shaklning pastki 3 ta tayanch nuqtasini siljitib,
ushbu shaklni hosil qiling.
7. Endi yana
ellips uskunasi yordamida to
rt ustiga
och jigarrang krem tasvirini chizing va rasmdagi
ko‘rinishda uning shaklini o‘zgartiring.
8.
Brush (mo‘yqalam) uskunasini tanlang.
Tort kremi ustiga rasmdagi
kabi turli xil rangdagi
shirinliklarni sepib chiqing.
9. Kostyum nomini “tort” deb o‘zgartiring.
Mana, 1-kostyum tayyor.
29
10. Endi ikkinchi kostyum – gamburgerni chizamiz. Buning uchun
“Choose a Costume”
tugmachasi yordamida hosil qilingan ro‘yxatdan
buyrug‘ini
tanlang va vektorli
rejimga o‘ting. Masshtab avvalgidek kattalashgan holatida bo‘lsin!
11.
Circle (ellips) uskunasini tanlang. Circle (ellips)
uskunasi yordamida sariq rangdagi 1-shaklni chizing.
12.
Circle (ellips) uskunasi yordamida 1-shakl ustidan
jigarrang 2-shakl (kotlet)ni chizing.
13. Endi yana 2-shakl ustidan sariq rangdagi 3-shaklni
chizing.
14. 3-shakl ustidan jigarrang 4-shakl (kotlet)ni chizing.
15. Endi gamburgerning
eng ustida turadigan non
(bulochka) shaklini chizing.
16.
Brush va
Reshape uskunalari yordamida
salatbarg, pomidor va kunjut urug‘i
tasvirlarini hosil
qiling.
17. Kostyum nomini “Gamburger” deb o‘zgartiring. Mana,
2-kostyum ham tayyor.
18. Loyihani “Oziq-ovqatlar yomg‘iri” nomi bilan saqlang.