Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021



Yüklə 24,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/112
tarix14.10.2023
ölçüsü24,61 Mb.
#155560
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   112
Informatika 6-sinf UZ

AMALIY MASHG‘ULOT 
1. Dasturni ishga tushiring va sahnadan mushukni o‘chiring.
2. 
Yangi sprayt yarating (ya’ni 
– Paint ikonkasini tanlang) va 
tugmachasi 
yordamida vektorli rejimga o‘ting.
3. Dastlab tortni chizib oling. Sprayt juda kichik bo‘lganligi uchun, masshtab tugmachasi 
yordamida uni biroz kattalashtirib oling.


I BOB. 
DASTURLASH TEXNOLOGIYASI. OBYEKTLARNI BOSHQARISH
28
4. 
Circle (ellips) uskunasini tanlang. Ranglar palitrasidan shokolad 
rangini, ya’ni to‘q jigarrangni tanlang. Sahnaga quyidagi ko‘rinishdagi 
shaklni chizing:
5. 
Reshape (formani o‘zgartirish) uskunasini 
tanlang. Yaratilgan shaklni transformatsiya 
qilish (bir shakldan boshqa shaklga o‘tkazish) 
uchun obyektga rasmdagi kabi 4 ta qo‘shimcha 
tayanch nuqtalarni joylashtiring [tayanch 
nuqtalar qo‘yilishi kerak bo‘lgan joylar 
(shakl chegarasi)da sichqonchaning chap 
tugmachasini 1 marta bosing].
6. Shaklning pastki 3 ta tayanch nuqtasini siljitib, 
ushbu shaklni hosil qiling.
7. Endi yana ellips uskunasi yordamida to
rt ustiga
och jigarrang krem tasvirini chizing va rasmdagi
ko‘rinishda uning shaklini o‘zgartiring.
8. 
Brush (mo‘yqalam) uskunasini tanlang. 
Tort kremi ustiga rasmdagi kabi turli xil rangdagi 
shirinliklarni sepib chiqing.
9. Kostyum nomini “tort” deb o‘zgartiring. 
Mana, 1-kostyum tayyor.


29
10. Endi ikkinchi kostyum – gamburgerni chizamiz. Buning uchun
“Choose a Costume” 
tugmachasi yordamida hosil qilingan ro‘yxatdan 
buyrug‘ini tanlang va vektorli 
rejimga o‘ting. Masshtab avvalgidek kattalashgan holatida bo‘lsin!
11. 
Circle (ellips) uskunasini tanlang. Circle (ellips) 
uskunasi yordamida sariq rangdagi 1-shaklni chizing. 
12. 
Circle (ellips) uskunasi yordamida 1-shakl ustidan 
jigarrang 2-shakl (kotlet)ni chizing.
13. Endi yana 2-shakl ustidan sariq rangdagi 3-shaklni 
chizing.
14. 3-shakl ustidan jigarrang 4-shakl (kotlet)ni chizing.
15. Endi gamburgerning eng ustida turadigan non 
(bulochka) shaklini chizing.
16. 
Brush va 
Reshape uskunalari yordamida 
salatbarg, pomidor va kunjut urug‘i tasvirlarini hosil 
qiling.
17. Kostyum nomini “Gamburger” deb o‘zgartiring. Mana, 
2-kostyum ham tayyor.
18. Loyihani “Oziq-ovqatlar yomg‘iri” nomi bilan saqlang.



Yüklə 24,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin