Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021



Yüklə 24,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/112
tarix14.10.2023
ölçüsü24,61 Mb.
#155560
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   112
Informatika 6-sinf UZ

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Foydalanuvchidan Scratch muhitida mushuk o‘lchamini qanchaga kattalashtirish yoki 
kichraytirish kerakligini so‘raydigan, bu qiymatlarga mos ravishda mushuk o‘lchamini 
o‘zgartiradigan dastur tuzing. 
2. Scratchda foydalanuvchidan dastlab ismini so‘rovchi, so‘ngra ko‘paytirishga oid “7 ni 8 ga 
ko‘paytirsa qancha bo‘ladi?” kabi 3 ta savol beruvchi, javobning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi 
haqidagi xabarni ekranga chiqaruvchi dastur tuzing.
UYGA VAZIFA


I BOB. 
DASTURLASH TEXNOLOGIYASI. OBYEKTLARNI BOSHQARISH
24
5-dars. GRAFIK MUHARRIR YORDAMIDA YANGI 
SPRAYTLAR HOSIL QILISH
Fon, sprayt va kostyum yaratish ishlari Scratch grafik muharriri yordamida amalga oshiriladi. 
Scratch dasturining “Costums” sahifasida maxsus grafik muharrir o‘rnatilgan bo‘lib, uning 
yordamida o‘z spraytingiz va uning kostyumlarini yaratishingiz, shuningdek, kutubxonadan olib 
qo‘shilgan qahramonlarni o‘zgartirishingiz mumkin. 
Scratch grafik muharririda avvaldan mavjud bo‘lgan fon, sprayt yoki kostyumlarni ham o‘zgartirish 
mumkin. Scratch dasturi 2 xil: rastrli va vektorli grafik rejimga ega. Grafik rejimni tanlash bevosita 
asl tasvir turiga bog‘liq.
Rastrli rejim
standart chizish rejimi bo‘lib, unda tasvir piksel (nuqta)lar orqali aks ettiriladi. Rejimda 
sprayt chizish uchun unda quyidagi uskunalar mavjud: Brush (mo‘yqalam), Line (chiziq), Circle (ellips), 
Rectangle (to‘g‘ri to‘rtburchak), Text (matn), Fill (bo‘yoq), Eraser (o‘chirg‘ich) va Select (tanlash).
Vektorli rejim
yuqori aniqlikdagi grafika bo‘lib, rastrli rejimga qaraganda ko‘proq imkoniyatlarga ega. 
Rejim o‘zida Select (tanlash), Reshape (formani o‘zgartirish), Brush (mo‘yqalam), Eraser (o‘chirg‘ich), 
Fill (bo‘yoq), Text (matn), Line (chiziq), Circle (ellips) va Rectangle (to‘g‘ri to‘rtburchak) kabi standart 
uskunalarni mujassam etgan. Shuningdek, u chapdan o‘ngga burish (akslantirish), yuqoridan pastga 
burish (akslantirish), tanlangan obyektni oldingi qatlamlarga ko‘chirish, obyektlarni guruhlash yoki 
guruhdan chiqarish, nusxalash, markaziy nuqtani sozlash kabi qo‘shimcha uskunalarga ham ega.
Yuqorida aytilganlarning hammasi 
nafaqat spraytlar uchun, balki 
sprayt kostyumlari va fonlar 
uchun ham o‘rinlidir.
ESLATMA
Rastrli rejim
Vektorli rejim
Scratch grafik muharririda yangi sprayt yaratish uchun 
– “Paint” (Chizish) ikonkasi tanlanadi. Natijada
yangi sprayt (Sprite1) yaratish oynasi namoyon bo‘ladi. 
Scratchda yangi sprayt (Sprite1) yaratish, odatda, rastrli 
grafik rejimda amalga oshiriladi.


25
Uskunalar
Uskunalar vazifasi
Rastrli rejim
Brush 
(mo‘yqalam) 
uskunasi
Uskuna chiziqlar yordamida tasvir hosil qilish uchun qo‘llaniladi. 
uskunasi mo‘yqalam rangini belgilasa,
uskunasi mo‘yqalam 
qalinligini sozlashga yordam beradi.
Line (chiziq) 
uskunasi
Uskuna to‘g‘ri chiziq chizish uchun ishlatiladi. Uskuna tanlangandan so‘ng 
hosil bo‘ladigan ushbu 
uskuna yordamida chiziq qalinligi, 
uskunasi orqali esa chiziq rangini sozlash mumkin.
Circle (e
llips) 
uskunasi
Uskuna ellips chizish uchun ishlatiladi.
uskunasi ellips rangini 
tanlash, 
uskunasi ellips ichki sohasini bo‘yash,
uskunasi ellips ichki 
sohasining bo‘yalmasligini ta’minlash, 
uskunasi esa ellips chegara 
chizig‘i qalinligini sozlash uchun qo‘llaniladi.
Rectangle (to‘g‘ri 
to‘rtbur
chak) 
uskunasi
Uskuna to‘g‘ri to‘rtburchak chizish uchun ishlatiladi.
uskunasi to‘g‘ri 
to‘rtburchak rangini tanlash
uskunasi to‘g‘ri to‘rtburchak ichki sohasini 
bo‘yash, 
uskunasi to‘g‘ri to‘rtburchak ichki sohasining bo‘yalmasligini 
ta’minlash, 
uskunasi esa to‘g‘ri to‘rtburchak chegara chizig‘i 
qalinligini sozlash uchun qo‘llaniladi.
1–2-rasmlarda yangi sprayt/kostyum va fon chizish hamda 
ularni tahrirlash uchun maxsus xolst, sprayt/kostyumni 
xolst markaziga (x = 0, y = 0) joylashtirish uchun qo‘shimcha 
element mavjudligini ko‘rishingiz mumkin. Xolstning 
o‘lchamlari sahna o‘lchamlari bilan bir xil, ya’ni 480×360.
Endi Scratch grafik muharririning tasvir yaratish, ularni boshqarish uskunalari hamda uning 
vazifalari bilan tanishib chiqaylik:
1 – sprayt, kostyum va fon nomini kiritish maydoni;
2 – oxirgi amalni bekor qilish; 
3 – oxirgi amalni takrorlash.

Yüklə 24,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin