Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021



Yüklə 24,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/112
tarix14.10.2023
ölçüsü24,61 Mb.
#155560
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   112
Informatika 6-sinf UZ

Bajarish texnologiyasi
Dasturni ishga tushiramiz. Mushukni ekran markaziga joylashtiramiz 
va skriptlar oynasiga ushbu skriptni teramiz. Loyihani ishga 
tushiramiz va uni “To‘xta, mushuk” nomi bilan saqlab olamiz.
Ko‘rib turganingizdek, klaviaturaning “probel” tugmachasi 
bosilganda, mushuk harakatdan to‘xtadi, ya’ni takrorlanuvchi jarayon 
(ish-harakat)lar qo‘shimcha boshqa shart va 
bloki 
yordamida nihoyalanadi.
Ushbu shartsiz sikl bloki eng ko‘p foydalaniladigan bloklardan 
hisoblanadi. Avval tuzgan skriptlarimiz orasida eng ko‘p qo‘llanilgan 
bloklardan biri ham aynan shu blokdir.
Hisoblagich yordamida takrorlanuvchi jarayon
Mazkur blok sikl tanasida joylashgan operatorlar 
majmuasini unda belgilangan son miqdoricha 
takrorlaydi. Sikl tanasi bajarilganda, unda o‘rnatilgan 
son hisoblagich yordamida har safar 1 taga kamaytirib 
boriladi. Hisoblagichda 0 qiymat hosil bo‘lganda, sikl 
to‘xtatiladi.
Blok o‘ta moslashuvchan bo‘lib, takrorlanishlar o‘rniga 
nafaqat doimiy o‘zgarmas sonlarni, balki turli matematik 
operatorlarni ham o‘rnatish mumkin.
operator
operator
rost
yolg‘on
TOPSHIRIQ


I BOB. 
DASTURLASH TEXNOLOGIYASI. OBYEKTLARNI BOSHQARISH
18
Quyida sprayt rangini 6 marta o‘zgartirish uchun 
repeat
blokidan foydalanishga doir misol 
keltirilgan:
Agar ro‘yxatdagi 
element
larning soni 
21 ga, “ball” nomli o‘zgaruvchining 
qiymati esa 7 ga teng ekanligi ma’lum 
bo‘lsa, rasmda keltirilgan skriptdagi 
mushukning kostyumi necha marta 
o‘zgarishini aniqlang.
TOPSHIRIQ
Takrorlanishlar soni matematik operatorlar orqali 
belgilangan skript
Sizningcha, rasmda keltirilgan skriptda qaysi hisoblagich (
a
tashqi 
sikl, 
b
– ichki sikl) kamroq o‘zgaradi? Kostyum necha marta 
o‘zgarishini, ya’ni takrorlanishlar sonini aniqlang.
TOPSHIRIQ
Sprayt rangini o‘zgartirishdan oldin 2 sekund kutib turiladi. Avvalgi rang o‘rniga yangi rang olinadi, 
so‘ngra oldingi sprayt shu rang bilan bo‘yaladi. Rangni o‘zgartirish jarayoni 6 marta takrorlanadi. 
Yuqoridagi rasmda har bir rang o‘zgarishidan keyingi olti xil rangdagi baliq tasvirlangan. 
Siklning boshqa sikl ichida bajarilishini ham tashkil qilish mumkin. Bunday holatda tashqi va ichki 
sikllar o‘zaro farqlanadi.
1-marta 2-marta 3-marta 4-marta 5-marta 6-marta


19

Yüklə 24,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin