Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021



Yüklə 24,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/112
tarix14.10.2023
ölçüsü24,61 Mb.
#155560
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   112
Informatika 6-sinf UZ

O‘YLAB KO‘RING
Multfilm nima? Harakat qiluvchi 
rasmlarni yaratishning qanday 
usullari mavjud? 
Multfilm
– kompyuter ekrani yoki boshqa elektron qurilmalarda ko‘rish uchun mo‘ljallangan 
film. Unda qandaydir voqea, hodisa, jarayon yoki g‘oyalar tomoshabinga matn va tasvirlardan 
foydalangan holda “gapirish” (ko‘rsatish) orqali yetkaziladi.
Multfilmlar:
a) texnologik jarayonga kо‘ra: qumli, plastilinli, qо‘g‘irchoqli, chizilgan, kompyuterda yaratilgan; 
b) yaratilish maqsadiga kо‘ra: rivojlantiruvchi, ta’limiy, tarbiyaviy, kо‘ngilochar;


33
d) davomiyligiga kо‘ra: qisqametrajli, tо‘liq metrajli
e) yosh qiziqishlariga kо‘ra: bolalar uchun, kattalar uchun, о‘smirlar uchun bo‘lishi mumkin.
Dunyo bо‘ylab barcha animatorlar hamda multfilm ustalari zamonaviy multasarlarga tayangan
holda qiziqarli multfilmlarni yaratishga harakat qilishadi. Demak, Scratch dasturida ham ana 
shunday kichik bir multfilm yaratish bilan tanishamiz. Yaxshi multfilm yaratish uchun nimalar zarur? 
Har bir multfilmni yaratishda, albatta, ssenariy, g‘oya, syujet, sahna kabi elementlar bо‘lishi talab 
etiladi. 
Multfilm hosil qilishdagi birinchi qadam 
g‘oya
topishdan iboratdir. G‘oya topilgach, uni multfilmga 
moslashtirish oson kechadi. Ammo filmni sifatli qiladigan g‘oyani topish oson emas. 
Multfilm uchun g‘oya sifatida turli hangoma, shaxsiy hayotdagi qiziqarli voqealarni olish mumkin. 
Agar g‘oya topish qiyin kechsa, u holda film uchun g‘oya sifatida ertaklardan foydalanish mumkin. 
Masalan, Uolt Disney о‘z filmlarida har doim shunday yо‘l tutgan.
Film ibtidosida bosh qahramonlar bilan tanishuv o‘tkaziladi, ya’ni umumiy holat – 
syujet
tushuntiriladi. Tomoshabin diqqatini syujetga qaratish muhim ahamiyatga ega. Odatda, bosh 
qahramonning qandaydir maqsadi bо‘ladi va mana shu maqsad syujet boshida yoritib о‘tiladi. 
Syujet о‘rtasiga kelib holatlar ketma-ketligi yordamida voqealar kulminatsion (eng yuqori) nuqtaga 
chiqadi. Film yakunida syujet tomoshabinning yodida qolishi uchun qiziqarli yakun о‘ylab topish 
maqsadga muvofiqdir.
Odatda, barcha filmlar 
ssenariy
yordamida sahnalarda namoyish etiladi. Filmning sifati ssenariyga 
bog‘liq, albatta. 
Sahna
hikoyaning zamon va makon bilan chegaralangan bir qismidir. Ssenariy 
esa о‘ziga xos muayyan harakatlarni bajarish tartibi, yо‘riqnomalar jamlanmasidan iborat algoritm 
sanaladi. 
Qisqacha aytganda, har bir multfilm odob-axloq, ota-onaga hurmat, Vatanga muhabbat, ezgulik va 
insoniylik kabi yuksak ma’naviy mezonlarni o‘zida aks ettirishi lozim. 
Misol tariqasida “Qizil shapkacha” nomli ertakka mos multfilm loyihasini yaratishni ko‘rib chiqamiz. 
Multfilmni boshlash uchun quyidagilarni aniqlab olish zarur:
– loyihada ishtirok etadigan spraytlar (qizil shapkacha, ona, kampir, bo‘ri, o‘tinchi)ni aniqlash;
– spraytlar loyihada nimalar qilishi va nimalar deyishini, ya’ni multfilm ssenariysini tuzish;
– ssenariy asosida spraytlar uchun skriptlarni hosil qilish.
“Qizil shapkacha” nomli multfilmni yaratish uchun kerakli sprayt va rasmlarni http://dr.rtm.uz/ 
saytidan yuklab olishingiz mumkin. 

Yüklə 24,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin