Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021



Yüklə 24,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/112
tarix14.10.2023
ölçüsü24,61 Mb.
#155560
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   112
Informatika 6-sinf UZ

TAYANCH TUSHUNCHALAR
Xolst
rasm chizish uchun 
ramkaga olingan va shaffof 
rangdagi soha.
Yangi kostyum (Costume2) yaratish uchun kostyum yaratilishi kerak bo‘lgan sprayt tanlanadi.
– “Choose a Costume” (kostyumni tanlash) tugmachasi yordamida hosil qilingan suzib 
chiquvchi ro‘yxatdan “Paint” elementi tanlanadi.


I BOB. 
DASTURLASH TEXNOLOGIYASI. OBYEKTLARNI BOSHQARISH
26
Text (matn) 
uskunasi
Uskuna yordamida matn kiritish mumkin. Uskuna tanlangandan 
so‘ng, matn rangi va shriftini
tanlash mumkin.
Fill (bo‘yoq) 
uskunasi
Uskuna yordamida chizilgan shakllarni bo‘yash mumkin. U tanlanishi 
natijasida ranglar palitrasida quyidagi 4 xil turdagi bo‘yash varianti hosil bo‘ladi:
– to‘liq (to‘ldirib) bo‘yash;
– gorizontal gradiyentli bo‘yash;
– vertikal gradiyentli bo‘yash; 
– radial bo‘yash.
Bo‘yash kursor yordamida amalga oshiriladi. Dastlab bo‘yash turi, keyin esa 
bo‘yaladigan obyekt tanlanishi lozim.
Eraser 
(o‘chirg‘ich) 
uskunasi
Uskuna tasvirni o‘chirish uchun ishlatiladi.
uskunalari 
yordamida o‘chirg‘ich rangi va o‘lchamini sozlash mumkin.
Select (tanlash) 
uskunasi
Uskuna tasvirning o‘zini yoki tasvirning biror sohasini tanlash uchun ishlatiladi. 
U tanlanishi natijasida quyidagi qo‘shimcha boshqarish uskunalari hosil 
bo‘ladi:
1) tanlangan tasvir yoki sohadan nusxa olish;
2) nusxasi olingan tasvir yoki sohani xolstga joylashtirish;
3) xolstni tozalash, ya’ni xolstdagi tasvirlarni o‘chirish; 
4) tanlangan tasvir yoki sohani gorizontal (chapdan o‘ngga yoki o‘ngdan 
chapga) akslantirish; 
5) tanlangan tasvir yoki sohani vertikal (yuqoridan pastga yoki pastdan 
yuqoriga) akslantirish.


27
Vektorli rejim
Vektorli rejimdagi aksariyat uskunalar va ularning vazifasi rastrli rejimdagi uskunalar 
bilan bir xil bo‘lganligi sababli, quyida farqli bo‘lgan uskunalargagina to‘xtalamiz.
Select 
(tanlash) 
uskunasi
Uskuna xolstda joylashgan bir yoki bir nechta obyekt (tasvir)ni tanlash uchun 
ishlatiladi. Uskuna tanlanishi natijasida qo‘shimcha boshqarish uskunalari 
hosil bo‘ladi. Rastrli grafik muharrir rejimidan farqli ravishda quyidagi uskunalar 
mavjud:
1) ikki va undan ortiq obyektni bir guruhga birlashtirish;
2) guruhga birlashtirilgan obyektlarni ajratish;
3) obyektni yuqori qatlamga o‘tkazish;
4) obyektni quyi qatlamga o‘tkazish;
5) obyektni eng yuqori (eng oldingi) qatlamga o‘tkazish;
6) obyektni eng quyi (eng oxirgi) qatlamga o‘tkazish. 
Reshape 
(formani 
o‘zgartirish) 
uskunasi
Uskuna xolstda yaratilgan obyektlarga tayanch nuqtalarini qo‘shish, ular orqali 
obyektlarni transformatsiya qilish (bir shakldan boshqa shaklga o‘tkazish) 
uchun ishlatiladi. 
Agar obyekt yoki uning biror tayanch nuqtasi belgilanib,
uskunasi 
tanlansa, shakl egri holatga,
uskunasi tanlansa, shakl qirrali holatga 
o‘tadi.
1-mashq. “Oziq-ovqatlar yomg‘iri” nomli o‘yin uchun tort (pirojniy) spraytini yaratish.

Yüklə 24,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin