Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021


I BOB.  DASTURLASH TEXNOLOGIYASI. OBYEKTLARNI BOSHQARISH



Yüklə 24,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/112
tarix14.10.2023
ölçüsü24,61 Mb.
#155560
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   112
Informatika 6-sinf UZ

I BOB. 
DASTURLASH TEXNOLOGIYASI. OBYEKTLARNI BOSHQARISH
32
8. 
S
= 2 + 4 + 6 + 8 + … + 
n
ifoda qiymatini hisoblovchi dastur tuzing. 
n
ning qiymati 
foydalanuvchi tomonidan kiritiladi. 
9. O‘tgan 5-darsda hamda uyga berilgan topshiriqlarda yaratgan sprayt, kostyum va fonlardan 
foydalanib, quyidagi ssenariy asosida “Oziq-ovqatlar yomg‘iri” nomli dastur kodini yozing.
Oziq-ovqatlar yomg‘iri
Mazkur o‘yinda mushuk sichqoncha yordamida boshqariladi. U faqat chap va o‘ng tomonlarga 
yugurib harakatlanadi. Mushuk osmondan tushayotgan shirinlik va mevalarni og‘zi bilan ushlab 
olishi lozim. Agar mushuk shirinlikni ushlab olsa, “yedi” deb nomlangan o‘zgaruvchi qiymati bir 
birlikka ortadi. Agar shirinlik yerga tushib ketsa yoki mushuk qalampir iste’mol qilib qo‘ysa, u holda 
“boy berildi” deb nomlangan o‘zgaruvchi qiymati bir birlikka ortadi. O‘yinning maqsadi “yedi” deb 
nomlangan o‘zgaruvchida imkon qadar ko‘proq ball to‘plashdan iborat. Agar “boy berildi” deb 
nomlangan o‘zgaruvchi qiymati 5 ga teng bo‘lib qolsa, o‘yin nihoyasiga yetadi. O‘yinda siz avvalgi 
darslarda o‘tilgan o‘zgaruvchilar, tasodifiy sonlar bloklari va murakkab shartlardan foydalanishingiz 
lozim.
10. Fon uchun qish fasli manzarasi aks etgan rasm chizing. 4 xil kostyumga ega “Qor parchalari” 
deb nomlangan sprayt yarating. Osmondan o‘ynoqlab tushayotgan qor parchalari yerga yetib 
kelgunga qadar erib ketuvchi effektga (ya’ni spraytlarni yo‘qotish yoki ko‘rinmas rangga o‘tkazish 
effektiga) ega skript yarating.
7-dars. MURAKKAB ANIMATSIYALAR YARATISH. 
KO‘P SAHNALI MULTFILMLAR YARATISH
Multiplikatsiya
(lot. 
multiplicatio
– ko‘paytirish) – ekranda 
harakatlanuvchi tasvirlarni yaratish texnologiyasi. 
Multiplikatsiya muayyan tezlik (chastota)da о‘zaro 
almashinuvchi oddiy rasm yoki kadrlar ketma-ketligi 
yordamida harakatlanuvchi suratlar illyuziyasini yaratishda 
foydalaniladigan texnik usul hisoblanadi.

Yüklə 24,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin