Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021



Yüklə 24,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/112
tarix14.10.2023
ölçüsü24,61 Mb.
#155560
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   112
Informatika 6-sinf UZ

AMALIY MASHG‘ULOT
1-topshiriq:
1) dasturni ishga tushiring
2) loyihadan mushuk spraytini o‘chiring; 


I BOB. 
DASTURLASH TEXNOLOGIYASI. OBYEKTLARNI BOSHQARISH
34
3) sahnaga “Qizil shapkacha”, “ona”, “kampir”, “bo‘ri”, “o‘tinchi” nomli spraytlarni joylashtiring;
4) fon uchun “o‘rmon”, “qisqa yo‘l”, “uzun yo‘l”, “kampir uyi”, “Qizil shapkacha uyi” va “Bedroom2” 
nomli fonlarni joylashtiring.
1-skript quyidagicha 
bo‘lishi lozim:
3-topshiriq:
1) qizil shapkacha va onasi bilan suhbat sahnasi:
Qizil shapkacha: – Labbay, oyijon!
Onasi: – Mana bu somsa bilan ko‘zachadagi yog‘ni 
buvingga olib borib bergin.
Qizil shapkacha: – Xo‘p bo‘ladi, oyijon!
2) qizil shapkacha sprayti sahnada ko‘rinmas 
holatga o‘tkazilsin, ya’ni yashirilsin;
3) fondagi rasm o‘rmon ko‘rinishidagi fonga 
o‘zgartirilsin;
4) o‘rmonda Qizil shapkacha sprayti “Qizil 
shapkacha2” kostyumiga o‘zgartirilsin va 
x
= –120, 
y
= 10 koordinataga joylashtirilsin.
2-topshiriq:
1) qizil shapkachaning onasi 
sahnada ko‘rsatilsin;
2) 1 sekunddan so‘ng ona 
“Oppoq qizim, qizil Shapkacha!” 
deb aytsin;
3) qizil shapkacha onasiga javob 
berishi uchun “Oppoq qizim, 
qizil Shapkacha!” degan xabar 
yuborilsin; 
4) 3 sekunddan keyin ona: “Mana 
bu somsa bilan ko‘zachadagi 
yog‘ni buvingga olib borib bergin”, 
– deb aytsin;
5) “ona” sprayti sahnada 
ko‘rinmas holatga o‘tkazilsin.
2-skript quyidagi ko‘rinishda 
bo‘lishi lozim:
4-topshiriq:
1) o‘rmonda qizil shapkacha bilan bo‘rining suhbat 
sahnasi. Bo‘ri 
x
= 95, 
y
= 10 koordinatada ko‘rsatilsin 
va quyidagi dialogni amalga oshirsin:


35
Bo‘ri: – Qizil shapkacha, qayoqqa ketyapsan?
Qizil shapkacha: – Buvimni ko‘rgani ketyapman, buvimga mana bu somsalar bilan ko‘zachada 
yog‘ olib boryapman. 
Bo‘ri: – Buvingning uyi uzoqdami?
Qizil shapkacha: – Tegirmon orqasidagi qishloq chekkasidagi uy.
Bo‘ri: – Men ham buvingni ko‘rib kelaman. Men mana bu yo‘ldan boraman, sen esa ana u yo‘ldan 
bor. Ko‘ramiz, kim oldin yetib borar ekan?
2) sahnadan qizil shapkacha sprayti yashirilsin;
3) fondagi rasm qisqa yo‘l ko‘rinishidagi fonga, bo‘ri sprayti esa “bo‘ri2” kostyumiga o‘zgartirilsin;
4) bo‘ri: “Qisqa yo‘l bilan chopib boraman!”, – deb sahnadan yugurib chiqib ketsin.

Yüklə 24,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin