Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021


-dars . SCRATCH MUHITIDA TAKRORLANUVCHI



Yüklə 24,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/112
tarix14.10.2023
ölçüsü24,61 Mb.
#155560
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112
Informatika 6-sinf UZ

4-dars
. SCRATCH MUHITIDA TAKRORLANUVCHI 
BLOKLAR BILAN ISHLASH
Tabiatda qayta-qayta takrorlanuvchi juda ko‘p hodisalar mavjud. 
Masalan, Yerning Quyosh atrofida aylanishi, yil fasllarning 
almashinishi va hokazo. Bunga yana soat strelkalarining aylana 
bo‘ylab harakatlanishi, har doim yozdan keyin kuz faslining kelishi 
kabi ko‘plab takroran bajariluvchi hodisa (jarayon)larni ham misol 
keltirish mumkin. Takroran bajariladigan hodisa (jarayon)lar 
sikl
deb ataladi.
Tasavvur qiling, taom tayyorlash uchun 10 dona kartoshkani tozalash kerak. Qo‘limizda 10 
dona kartoshka bor, lekin ularni birdan tozalay olmaymiz. Demak, 1-kartoshkadan boshlab 
10-kartoshkagacha ketma-ket tozalaymiz. Bu yerda kartoshkani tozalash kabi ketma-ket 
bajariluvchi jarayon siklga misol bo‘la oladi.
Scratch dasturida harakatlarni avtomatik ravishda ketma-ket bajarish uchun maxsus bloklar 
mavjud. Ular bitta harakatni bir necha marta ketma-ket takrorlash imkonini beradi. Dasturning 
ma’lum bir qismi, ya’ni buyruqlarini takrorlash uchun sikllardan foydalaniladi. Scratch dasturida 
takrorlash jarayonini, ya’ni sikllarni tashkil qilishda “forever” (doimiy takrorlash), “repeat” (… marta 
takrorlash), “repeat until” (…ga qadar takrorlash) kabi bloklar qo‘llaniladi.
ESLAB QOLING!
Dastur ko‘rsatmalarining 
muayyan ketma-
ketligi qayta-qayta 
takrorlanadigan algoritmga 
sikl
deyiladi.
ESLAB QOLING!
Agar shart doim rost qiymatni 
qabul qilsa, bunday sikl 
shartsiz
yoki 
cheksiz sikl
deb 
ataladi.
Shartsiz takrorlanish jarayoni
Dasturlashda dastur kodining qandaydir qismi shart asosida bir 
necha marta bajarilishi uchun sikldan foydalaniladi. Agar shart 
rost bo‘lsa, sikl davom ettiriladi, aks holda, to‘xtatiladi. Scratch 
cheksiz sikllarni yaratish uchun maxsus konstruksiyaga ega.
10. Foydalanuvchi Scratch muhitida klaviaturadagi yo‘nalish tugmachalari (
→, ←, ↑, ↓
) yordamida 
obyektni boshqarishi (masalan, burilish burchagi, o‘lchami, rangi va shaffofligini o‘zgartirish) 
mumkin bo‘lgan dastur yarating. Bunda klaviaturadagi yo‘nalish tugmachalari (
→, ←, ↑, ↓
)dan 
boshqa har qanday tugmacha bosilganda, obyekt “har xil fikrlaydigan” bo‘lsin.


17
Odatda, loyiha (dastur) doimiy ishlashi uchun doimiy takrorlanuvchi, 
ya’ni shartsiz sikldan foydalaniladi. Sikl takrorlanishi davomida 
bajarilishi lozim bo‘lgan operatorlar majmuasiga 
sikl tanasi
deyiladi. 
Sikl tanasi sifatida bir yoki bir nechta operatordan foydalanish 
mumkin. Agar sikl tanasida bir nechta operatordan foydalanmoqchi 
bo‘lsak, u holda bu operatorlarni, ya’ni bloklarni rasmda ko‘rsatilgan 
blok orasiga joylashtirish lozim. Bunday sikl tanasi uning bir qismi 
bo‘lgan skriptlar faol bo‘lgunga qadar bajariladi. Cheksiz siklni faqat 
bloki yordamida to‘xtatish mumkin.
Tasavvur qiling, qahramonimiz mushuk ekran bo‘ylab o‘ngdan chapga va chapdan o‘ngga 
to‘xtovsiz harakatlanmoqda. Mana shu harakatni klaviaturadagi “probel” tugmachasini 
bosish orqali to‘xtatish mumkin bo‘lgan skriptni tuzing.

Yüklə 24,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin