Audio va videofayllarni ijro etish Audiofayllarni ijro etish uchun maxsus dastur – audiopleyer ishlab chiqilgan.
Mediaplayer – ham audio, ham videofaylni ijro etuvchi dastur.
Hozirgi kunda kompyuter uchun bir qancha audio va mediapleyer dasturlari ishlab chiqilgan.
KMPlayer – bugungi kunda Windows uchun eng kuchli multimedia pleyerlaridan biri. Bir qancha
vizual va tovush effektlarini o‘z ichiga oladi. Videokliplarni ijro etish tezligi hamda tasvirlar
yorqinligini sozlash imkonini beradi. Unda skrinshot yaratish, audio va video yozish imkoniyatlari
mavjud.
Winamp – turli multimedia fayllarini ijro etish uchun yillar davomida sinovdan o‘tgan yordamchi
dastur. Foydalanuvchilarga interfeysni o‘zgartirish imkonini beruvchi bir nechta qobiqlari mavjud.
Ma’lumotlarni optik disklarga yozish vositasi mavjud.
AIMP media pleyeri deyarli har qanday formatdagi musiqa (WAV, FLAC, MP3, OGG, CDA va h. k.)ni
bemalol tinglash imkonini beradi. Unda ovoz yozish, musiqalarni qayta nomlash funksiyalari mavjud
bo‘lib, ularni boshqa mashhur pleyerlarda topish qiyin. Uning yordamida sevimli qo‘shiqlardan tarkib
topgan pleylistlarni ham yaratish mumkin.
Windows Media Player – Microsoft operatsion tizimiga kiritilgan standart mediapleyer. MP3,
AAC, WAV, AIFF, FLAC, APE, WMA, WMV, MP4, M4A va hokazolarni qo‘llab-quvvatlaydi. Sevimli
audiolarning katta ro‘yxatlarini tez ijro etish imkonini beradi. Dastur rasmiy Microsoft veb-saytidan
muntazam ravishda yangilanib turiladi
.
7 6 8 9 7 5) yozilgan ovozni saqlash uchun “Save”
(8)
tugmachasi bosiladi.
6) ovoz yozish jarayonini yakunlash uchun yopish tugmachasi (
× ) bosiladi
(9)
. Oynada “tahrirlash
jarayonini tugatasizmi?” so‘rovi chiqadi, uni tasdiqlash uchun “Yes”, aks holda, “Cancel” tugmachasi
bosiladi.