IV BOB. AUDIO VA VIDEOFAYLLAR BILAN ISHLASH 120
Windows Media Player dasturida audio va videoaxborotni ijro etish Windows Media Player dasturi kompyuterda o‘rnatilgan operatsion tizim tarkibidagi standart
dasturlardan biri bo‘lib, uni ishga tushirish uchun:
1) “Пуск” – “Все программы” – “Стандартные” – “Windows Media Player” ketma-ketligi
bajariladi;
2) audio yoki videoaxborotni yuklash uchun:
(a) “Mузыкa”
(1)
yoki “Видео”
(2)
tanlanadi. Audio yoki videoaxborot sichqoncha bilan ushlangan
holda o‘rtadagi fayllar turgan joyga olib o‘tiladi;
(b) “Упорядочить”
(3)
– “Управление библиотеками” – “Фонотека” yoki “Видeo” tanlanadi.
“Добавить” tugmachasi orqali audio yoki videofayl yuklanadi;
3) audio yoki videoni ijro etish uchun fayl tanlanib, “Play” tugmachasi bosiladi
(4)
va to‘xtatib turish
uchun shu tugmachaning o‘rnidagi “Pause” tugmachasidan foydalaniladi;
4) dastur yordamida avvalgi kadrga qaytish
(5)
va keyingi kadrga o‘tish
(6)
imkoniyatlari mavjud;
5) ovozni boshqarish tugmasi
(7)
yordamida uning past yoki balandligi boshqariladi.
6) faylni qayta ijro etish
(8)
yoki tasodifiy faylni ijro etish
(9)
imkoniyatlari ham mavjud.
Sichqonchaning o‘ng tugmachasini
audio yoki videoaxborotning ustida
bosib, “Открыть с помощью” –
“Проигрыватель Windows Media”
orqali ham ijro etish mumkin.
2 1 4 5 8 9 6 7 3
121
25-dars. AUDIO VA VIDEOFAYLLAR FORMATINI O‘ZGARTIRISH Bitrate (bit tezligi) – ijro etishning
bir sekundida sodir bo‘ladigan
ikkilik yozuvdagi bitlar soni.