Махсус таълим вазирлиги



Yüklə 470,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix15.10.2023
ölçüsü470,4 Kb.
#155687
1   2   3   4   5   6   7   8
Kitob 6126 uzsmart.uz

Nasadkali absorberlar. 
Bunday kolonnalar eng ko’p tarqalgan absorberlar 
qatoriga kiradi. Har xil shaklli va turli o’lchamga ega bo’lgan qattiq jismlar, ya’ni 
nasadkalar bilan to’ldirilgan vertikal kolonnalarning tuzilishi sodda va yuqori 
samaradorlikka ega bo’lgani uchun ular sanoatda keng ishlatiladi. Nasadkali 
kolonnalarda 


 
25.5-rasm. Nasadkali absorber: 
1 — qobiq; 2 — suyuqlik taqsimlagichi; 3 — nasadka qatlami; 4 — tayanch to’ri; 
5 — gidravlik zatvor. 
 
nasadkalar gaz va suyuqlik o’tadigan tayanch to’rlariga o’rnatiladi. Qurilmaning 
ichki bo’shlig`i nasadka bilan to’ldirilgan bo’ladi (25.5-rasm) yoki har birining 
balandligi 1,5—3m bo’lgan qatlamlar holatida joylashtiriladi. Gaz to’rning tagiga 
beriladi, so’ngra nasadka qatlamidan o’tadi. Suyuqlik esa kolonnaning yuqorigi 
qismidan maxsus taqsimlagichlar orqali sochib beriladi, u nasadka qatlamidan 
o’tayotganda pastdan berilayotgan gaz oqimi bilan uchrashadi. Kolonna samarali 
ishlash uchun suyuqlik bir tekisda, qurilmaning butun ko’ndalang kesimi bo’ylab 
bir xil sochib berilishi kerak. Bu qurilmaning kontakt yuzasi nasadkalar 
yordamida hosil qilinadi. 
Odatda nasadkali absorberlarning diametri 4 m dan ortmaydi. Katta diametrli 
kolonnalarda gaz va suyuqlikni qurilmaning ko’ndalang kesimi bo’yicha bir 
me’yorda taqsimlash juda qiyin, shu sababdan katta diametrli absorberlar 
samaradorligi ancha kam bo’ladi. Biroq sanoatda diametri 12 m gacha bo’lgan 
absorberlar ham ishlatiladi. 
Nasadkalar sifatida Rashig halqalari, keramik buyumlar, koks, maydalangan 
kvars, polimer, halqalar, metalldan tayyorlangan to’rlar, sharlar, propellerlar, 
egarsimon elementlar va boshqalar ishlatiladi (25.6-rasm). Nasadkalar samarali 
ishlashi uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak: 
1) Nasadkalar hajm birligida katta yuzaga ega bo’lishligi; 
2) Sochilib beruvchi suyuqlik bilan yaxshi aralashishi; 
3) Gaz oqimiga nisbatan kam gidravlik qarshilik ko’rsatishi; 


4) Sochiluvchan suyuqlikni bir xil tarqatishi; 
5) Kolonnada harakat qilayotgan suyuqlik va gazlarning ta’siriga nisbatan 
kimyoviy mustahkam bo’lishi; 
6) Solishtirma og`irligi kam bo’lishi; 
7) Mexanik jihatdan mustahkam; 
8) Arzon bo’lishi lozim. 
Lekin amalda bunday talablarni qondiradigan nasadkalar uchramaydi, masalan, 
solishtirma yuzaning katta bo’lishi, qurilma gidravlik qarshiligining ortib 
ketishiga olib keladi. Shuning uchun sanoatda absorbsiya jarayonining asosiy 
talablarini qanoatlantiradigan nasadkalar ishlatiladi. Sanoatda Rashig halqalari 
eng ko’p qo’llaniladi. 
Nasadkali absorberlar bir qator afzalliklarga ega: tuzilishi sodda va agressiv 
suyuqliklar bilan ishlash imkoniyati mavjud. 
 
 
 


25.6-rasm. Nasadkalarning turlari: 
a — Rashig halqali nasadka; 1 — alohida olingan halqa; 2 — to’kib qo’yilgan 
halqalar; 3 — terib qo’yilgan halqalar; b — fasonli nasadka; 1 — Pal halqalari; 2 
— halqa; 3 — kressimon to’siqli halqalar; 4 — keramik bloklar; 5 — simdan 
o’ralgan nasadkalar; 6 — ichki spiralli halqalar; 7 — propellerli nasadka; 8 — 
yog`ochdan tayyorlangan xordali nasadka. 
 
Bunday qurilmalardan modda o’tkazishdagi diffuzion qarshilikning qiymati suyuq 
yoki gaz fazada katta bo’lgan paytda ham foydalanish mumkin. 
Bunday qurilmalar kamchiliklardan ham xoli emas. Nasadkali kolonnalarda 
gazlarning yutilishida ajralib chiqadigan issiqlikni yo’qotish qiyin, bundan 
tashqari suyuqliklarning sochilish miqdori kam bo’lganda nasadkalar yomon 
ho’llanadi. Bu qurilmalarda hosil bo’ladigan issiqlikni kamaytirish, nasadkalarni 
yaxshi ho’llash uchun absorbentlarni nasos orqali resirkulyatsiya qilish (ya’ni 
absorbertning ma’lum qismini qaytadan kolonnaga berish) usuli qo’llaniladi. Bu 
vaqtda absorbsiya qurilmasining tuzilishi murakkablashadi va resirkulyatsiya 
uchun quvur ishlatilishi natijasida uning qiymati ortib ketadi. Nasadkali 
kolonnalarda ifloslangan yoki loyqalangan suyuqliklarni ishlatib bo’lmaydi. 

Yüklə 470,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin