124
ortishiga, mamlakatning oltin-valuta zaxiralari miqdorining kamayishiga
olib keladi. Buning natijasida ichki valuta bozorida xorijiy valutalar
taklifining kamayishi yuz beradiki, ushbu holat milliy valutaning nominal
almashuv kursiga nisbatan kuchli tazyiqni yuzaga keltiradi.
Milliy valuta kursiga ta’sir etuvchi
muhim omillardan yana biri
bo‘lib, Davlat budjetining defitsiti hisoblanadi. Ushbu omil
rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida yaqqol kuzatiladi.
Chunki, mazkur mamlakatlarning
aksariyat qismida Markaziy
banklarning iqtisodiy va siyosiy mustaqillik darajasi past bo‘lib, Davlat
budjeti defitsitini qoplash maqsadida Markaziy bankning emissiya
mexanizmidan foydalaniladi. Buning natijasida
muomalaga tovarlar va
xizmatlar bilan ta’minlanmagan pullar paydo bo‘ladi va shuning asosida
milliy valutaning qadrsizlanish jarayoni chuqurlashadi. Shu sababli,
Davlat budjeti defitsitining me’yoriy darajada bo‘lishini ta’minlash milliy
valutaning barqarorligiga erishish nuqtai-nazaridan
muhim amaliy
ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro amaliyotda Davlat bdyujeti defitsiti summasining nominal
YaIM miqdorining 3 foizdan oshmasligi me’yoriy daraja sifatida qabul
qilingan.
Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan
pul-kredit siyosati
milliy valutaning almashuv kurslariga, shu jumladan, nominal almashuv
kursiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri sanaladi.
Milliy valuta kursining barqarorligiga ta’sir qiluvchi muhim
omillardan biri,
shubhasiz, inflatsiya hisoblanadi. Inflatsiya ta’sirida
milliy valutaning qadri pasayadi.
Davlat tashqi qarzining o‘zgarishi milliy valutaning nominal
almashuv kursiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi
muhim omillardan biri
sanaladi.
Dostları ilə paylaş: