125
Markaziy bankning diskont stavkasi – bu Markaziy bank tomonidan
tijorat banklariga va hukumatga beriladigan kreditlarning foiz stavkasidir.
Deviz siyosatining shakllari:
1. Valuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish
2. Devalvatsiya
3. Revalvatsiya
4.
Valutaviy cheklashlar
Valuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish –bir vaqtning o‘zida bir
nechta xorijiy valutalarda zaxiralar tashkil qilish tushuniladi.
Devalvatsiya – bu milliy valutaning xorijiy
valutalarga nisbatan
qadrsizlanishidir.
Revalvatsiya - bu milliy valutaning xorijiy valutalarga nisbatan
qadrining oshishidir.
Valutaviy cheklashlar – bu joriy valuta operatsiyalari va
kapitallarning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan
operatsiyalarga nisbatan
cheklovlarning joriy qilinishidir.
11.6.2. Hukumatning valuta siyosati
Hukumat o‘zining valuta siyosati doirasida
milliy valuta bozorini
rivojlantirish, mamlakatning eksport salohiyatini yuksaltirish,
valuta
nazorati tizimini takomillashtirish maqsadlarini ko‘zda tutadi.
O‘zbekistonda 2003 yilning 15 oktyabridan boshlab joriy valuta
operatsiyalari bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi. Chunki, 2003 yil 8
oktyabrda O‘zbekiston hukumati Xalqaro valuta fondi nizomining VIII-
moddasi bo‘yicha majburiyatlarni qabul qildi.
Xalqaro valuta
tizimi evolyusiyasi jarayonida, vaqt o‘tishi bilan
«konvertatsiya qilinishi» tushunchasi ham o‘zgarib bordi. Hozirgi vaqtda,
valutaga egalik qilayotgan har qanday shaxs uni bozordagi - qat’iy
belgilangan, yoki suzib yuruvchi kurs bo‘yicha
uni xalqaro zahira
valutalaridan biri (AQSh dollari, Yevro va sh. k. )ga konvertatsiya qilish
xuquqiga ega bo‘lishiga - valutaning «to‘liq konvertirlanishi» deyiladi.
Dostları ilə paylaş: