ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804
Academic Research, Uzbekistan 213 www.ares.uz
6 bosqich
– baholash natijalari to‘g’risida qaror qabul qilish: qo‘shimcha
o‘qishga yuborish, boshqa lavozimga o‘tish, ishdan bo‘shatish.
7 bosqich
– hisobot davrida ta’lim muassasasining vakolati va ishini baholash
samaradorligini yakuniy tahlilini qilish.
8 bosqich –
xavf-xatar va to‘siqlar bo‘yicha ish namunasini to‘liq ishlab chiqish.
Xususiy yoki asosiy kompetensiyalarga ega bo‘lish uchun qanday vakolatlarga ega
bo‘lish har qanday ishda qo‘llanilishi kerak. Ular ta’lim muassasaning qadriyatlariga
bog’liq: strategiya, axloq kodeksi.
Shaxsiy samaradorlik kompetensiyalari pedagogning shaxsiy fazilatlari bilan
birga o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
-
yetuklik, o‘sishga intilish, masalan, kasbiy qadriyatlarni izlash, ijodiy qobiliyat;
-
yetarli darajada o‘zini o‘zi anglash va o‘ziga ishonch;
-
moslashuvchanlik, o‘zgartirish istagi;
-
ish etiketini bilish;
-
stressga qarshi o‘z-o‘zini boshqarish;
-
imidj.
Pedagoglarning boshqaruv kompetentligi sifatida jamoaviy ish, rahbarlik,
hamkorlik, murabbiylik, rasmiy vakolatlardan foydalanish kabi mezonlar ko‘rsatadi.
Taklifimiz, kompetentlik talablariga javob bermaydigan har bir pedagogni
qo‘shimcha mashg’ulotlarga yuborib, ta’lim muassasasi faoliyatiga asoslangan
treninglar o‘tkazish maqsadga muvofiqdir, ya’ni pedagoglarni rivojlantirish muhim
vazifa hisoblanadi.
XULOSA
Xulosa shuki, kompetentlikni shakllantirish bosqichma-bosqich va uzluksiz
jarayondir. U oliy ta’lim muassasasida boshlanadi va ish joyida tajribali ustozlar
nazorati ostida davom etadi. Shuni unutmaslik kerakki, yuqori kasbiy kompetentlik
nafaqat bilim darajasi, balki xodimning amaliy ko‘nikmalari, tajribasi va shaxsiy
fazilatlari hamdir.
Dostları ilə paylaş: