sirtidan yorug'lik va tovushning qaytishi, ulardan issiqlik va elektr tokining yaxshi
o'tishi, zarba tasirida yassilanishi kabi xossalar metallarning
eng muhim fizik
xossalaridandir. Bu xossalar faqat metallarga mansub bo'lgan metall bog'lanish
mavjudligi bilan tushuntiriladi.
Ma'lumki, barcha metallar kristall moddalardir. Metall kristallaridagi panjara
tugunlarining bir qismida ion joylashgan bo'ladi. Metallarning tashqi energetik
pog'onalaridagi valent elektronlari atom yadrosi bilan kuchsiz bog'langani
uchun
oson uziladi. Uzilgan elektronlar atomlar va ionlar oralig'ida harakatlanib yuradi,
agar erkin elektron bironta elektronini yo'qotgan atomga (ionga)
yakin kelib
kolsa, unga birikib, ionni neytral atomga aylantiradi. Demak, erkin elektronlar goh
bir ion, goh ikkinchi ion atrofida aylanib yuradi va metall kristallidagi
barcha
atomlar (ionlar) orasida bog'lanish hosil qiladi. Kimyoviy bog'lanishning
bunday
turi
metall bog'lanish
deyiladi.
Donor - akseptorli bog'lanish
.
Kovalent bog'lanishning boshqacha donor -
akseptorli mexanizmli turi ham bo'lishi mumkin. Bunday kimyoviy bog'lanish bitta
atomning ikki elektroni bilan boshqa atomning erkin
orbitali hisobiga vujudga
keladi. Misol uchun:
HCl bilan NH
3
ni birikishi donor-akseptorli bo'ladi:
NH
3
HC1
NH
4
Cl yoki NH
3
H
NH
4
Ammiak molekulasida azot atomining bo'linmagan elektron jufti bo'ladi.
Vodorod ionida 1S - orbital bo'sh uni H
deb belgilaymiz.
Ammoniy ioni hosil bo'lishida azotning elektron jufti azot va vodorod
atomlari uchun umumiy bo'lib qoladi, ya'ni molekulyar elektron bulutga aylanadi.
Vodorod ionining zaryadi umumiy bo'lib qoladi (u delokallashgan, ya'ni barcha
atomlar orasida tarqalgan). Bo'linmagan elektron juftini beradigan atom
elektronodonor
, uni biriktirib oladigan (ya'ni bo'sh orbital beradigan) atom
elektronoakseptor
deyiladi.
Bir atomning (elektrodonorning) ikki elektron
jufti va boshqa atomning
(elektronoakseptorning) bo'sh orbitali hisobiga kovalent bog'lanish hosil bo'lish
mexanizmi donor-akseptorli mexanizm deyiladi. Shu yo'l bilan hosil bo'lgan
kovalent bog'lanish
donor-akseptorli kovalent bog'lanish
deyiladi.
Dostları ilə paylaş: