446 «Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» nomli ilmiy-amaliy konferensiya shakllantirishga,
ta’lim
oluvchining
faoliyatni
aktivlashtirish
va
intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari,
tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini
bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini
ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va
ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni
baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini
bildiradi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali
ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni
ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani
shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni
mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash - yangi
kompyutyer va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.
O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash),
muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy
ishlar.
O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro
o’rganishga asoslangan frontal, kollyektiv va guruh.
O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan
bir qatorda – komputyer va axborot texnologiyalari.
Kommunikasiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan
bevosita o’zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so’rov, oraliq va joriy va
yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab
beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish,
qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi
harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari
mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham
o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test
topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari
baholanadi.
“Inklyuziv ta`lim nazariyasi” fanini o’qitish jarayonida interfaol metodlari,