447 «Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» nomli ilmiy-amaliy konferensiya kompyutyer tyexnologiyasi pedagogik texnologiyalardan, “Power Point”
dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo’yicha talabalar bilimini baholash
test asosida va kompyutyer yordamida bajariladi. “Internyet” tarmog’idagi
ma’lumotlardan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi
hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari:
dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, ajurali arra, nilufar guli, munozara, o’z-o’zini nazorat. Adabiyotlar: A1;A2; A8; Q6; Q1 Q2; Q3; Q4.
O’zbekistonda inklyuziv ta’limning rivojlanishi. O’zbekistonda inklyuziv ta’lim
nazariyasi. O’zbekistonda ijtimoiy himoyalash tizimi. O’zbekistonda amalga
oshirilayotgan inklyuziv ta’lim. Bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimida inklyuziv
ta’lim.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.
Pog’ona, qadamba-qadam metodi, T-sxemasi, o’z-o’zini nazorat.
NATIJA. Inklyuziv ta’lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i
nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga,
inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy
rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun oilada yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan
birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim
tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday
maktabda ta’lim olishi, o‘zlashtirishda qiynalayotgan bo‘lsa, o‘qish va yozishga
o‘rganish uchun maxsus yordamga ega bo‘lishi, darslarga qatnamay qo‘ygan
bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi.
XULOSA Umumiy ta’lim tizimida inklyuziv ta’limning ahamiyati shundaki, imkoniyati
cheklangan bolalarni ilk yoshlaridanoq sog’lom bolalar qatoriga qo’shib sifatli
ta’lim olishini ta’minlagan holda bolada ruhiy va jismoniy hissiyotlarini va
haraktlarini rivojlantirishdir. Inklyuziv ta'limda imkoniyati cheklangan bolalarga
nima beradi? -o‘z imkoniyatini o‘zi uchun kashf etish imkonini beradi - mustaqil
harakatlanish birgalikda, hamkorlikda ishlash imkoniyati orqali yuzaga keladi; -
dunyoqarashi kengayadi, hayotiy tajribasi oshadi; -o‘qishga bo‘lgan ehtieji va
qiziqishlari ortadi; -O‘zini barcha bilan bir xil his qila boshlaydi; -Ilgari
sezilmagan imkoniyatlari ochiladi; -Yotsirash, yakkalanish kabi xususi yatlari
yo‘qoladi. Inklyuziv ta'lim sog‘lom bolalar hayotiga qanday ta'sir ko‘rsatadi? -
O‘zlariga o‘xshamagan tengdoshlari va ularning hayoti, ehtiyojlarini his qiladilar;
-Tengdoshlariga g‘amxo‘rlik hissi uyg‘onadi; -Ularni qo‘llab-quvvatlash, yordam
berishga intilish –insonparvarlik hissi tarbiyalanadi; -O‘quvchilarda atrofdagi
insonlarga, imkoniyati cheklanganlarga pozitiv munosabat, o‘zaro hurmat