`
444
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»
nomli ilmiy-amaliy konferensiya
ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.
MUHOKAMA
2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish
konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab
chiqildi. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limini 2025-yilgacha
rivojlantirishning
maqsadli
ko‘rsatkichlari
(indikatorlari)
tasdiqlandi.
Konsepsiya erishilgan natijalar, maqsadli ko‘rsatkichlar va tegishli davrga
mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda 2022-yildan
boshlab
har yili tasdiqlanadigan alohida “Yo‘l xaritasi” asosida bosqichma-bosqich
amalga oshirilishi belgilandi. Konsepsiya ikki bosqichda amalga oshirish,
jumladan: 2020 — 2022-yillar davomida: inklyuziv ta’lim tizimi sohasidagi
normativ baza takomillashtirish; inklyuziv ta’lim tizimi uchun malakali pedagog
kadrlarni tayyorlash,
qayta va malakasi oshirish; inklyuziv ta’lim joriy etilgan
muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishi, ular maxsus
moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar),
zarur
adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun uskuna va
jihozlar bilan ta’minlanishi; inklyuziv ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalar joriy etish; alohida
ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan
bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o‘qitishning
mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali aholi o‘rtasida ijobiy ijtimoiy muhit
shakllantirish; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kamsitish, ularga
salbiy muomalada bo‘lishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga
oshirish; inklyuziv ta’lim tizimi tajriba-sinov tariqasida alohida ta’lim
muassasalarining
faoliyatiga joriy qilish; 2023 — 2025-yillar davomida:
inklyuziv ta’lim tizimi bosqichma-bosqich boshqa umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida joriy qilish; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning
inklyuziv ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga
oshirish; inklyuziv ta’limda o‘qitish usullari takomillashtiriladi hamda ta’lim
jarayoniga individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich joriy etish;
inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy
tarbiyalashga,
ularning jismonan sog‘lom va baquvvat shakllanishiga qaratilgan choralar
ko‘rish; o‘quvchilarning jismoniy va aqliy ehtiyojidan hamda ta’lim
muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqib alohida ta’lim ehtiyojlari
bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari soni
optimallashtirish belgilab qo’yildi.
“Inklyuziv ta’lim nazariyasi” sohasi mamlakatimizda ijtimoiy barqarorlikni
qo’llab-quvvatlash uchun nafaqat aniq individga, ma’lum
bir guruhga, balki
jamiyat va davlat uchun zarur va muhim hisoblanadi. Shuningdek, ijtimoiy