Samarali usullari



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix17.10.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#156556
  1   2   3   4   5   6
ZDIFT0782




443 
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» 
nomli ilmiy-amaliy konferensiya 
INKLYUZIV TA'LIM JARAYONIDA AKT DAN FOYDALANISHNING 
SAMARALI USULLARI 
Mansurova Charos
 
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani
45-maktab amaliyotchi psixologi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7488352 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mamlakatimizda joriy qilinayotgan yangi ta’lim 
tizimi ya’ni inklyuziv ta’lim tizimining takomillashuvi, va bu ta’lim tizimi
ta’limda ham joriy qilinganligi, inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida 
yangi qaror va farmonlar qabul qilinib, vazifalar yuklatilganligi haqida so’z 
boradi.
Kalit so’zlar:
ta’lim, tarbiya, inklyuziv, rivojlanish, takomillashuv, harakat. 
Kirish.
Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor 
qaratilmoqda. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni 
sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga 
samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan 
umumiy ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar 
amalga oshirildi. Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning umumiy ta’lim 
bilan qamrovini ta’minlash, umumiy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-
metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali 
pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini 
ko‘rsatmoqda. Umumiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning 
sifatli umumiy ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, umumiy ta’lim 
xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Umumiy 
ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda O‘zbekiston Respublikasi umumiy ta’lim 
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin