Ushbu metod o’quvchilarni quyidagilarga undaydi:
•
muammoni shakllantirishga;
•
amaliy vaziyatni tahlil qilish va baholashga;
•
muammo yechimini eng maqbo’l variantini tanlashga.
O’quv mashg’ulotning o’qitish texnologiyasini tanlashni ikki asosiy dalil
belgilaydi:
1. Keysning hajmi (qisqa, o’rtacha miqdordagi, katta)
2. O’quv topshirig’ini taqdim etish usuli:
-
savolli ( savollar keysdan keyin keltiriladi)
-
topshiriqli (topshiriq keys kirish qismining oxirida keltiriladi)
O’QUV LOYIHA METODI
Ushbu metodning mohiyati shundan iboratki, ma’lum muddat ichida (bitta
o’quv mashg’ulot doirasidan 2-3 oy muddat ichida) ta’lim oluvchi guruhli yoki yakka
tartibda berilgan mavzu yo’zasidan loyiha topshirig’ini bajaradi. Uning vazifasi –
muayyan foydalanuvchiga yo’naltirilgan yangi ma’lumot olish, belgilangan muddat ichida
berilgan u yoki bu muammoni ilmiy, texnikaviy yechimidan iborat.
O’quv loyihasi tushunchasi:
- muayyan istemolchiga mo’ljallangan, muammolarni izlash, tadqiq qilish va
yechish, natijani noyob (moddiy yoki intellektual) mahsulot ko’rinishida
rasmiylashtirishga qaratilgan. Talablarning mustaqil o’quv faoliyatini tashkil qilish
usuli
;
- nazariy bilimlar orqali amaliy vazifalarni yechishga qaratilgan o’quv
vosita va
qurollari
;
- rivojlantiruvchi, ta’lim-tarbiya hamda bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish
va malakalarni shakllantirishga qaratilgan
didaktik vosita
.
Dostları ilə paylaş: