Talabalar nazorat savollariga javob beradilar/ testlarni
yechadilar/ nazorat topshiriqlarini bajaradilar. Ularning
to’plamini to’g’ri to’zish muhim hisoblanadi: ular
rejalashtirilayotgan o’quv materialni o’zlashtirish
darajasiga mos kelishligi kerak
va ularni tekshirishni
ta’minlashi kerak.
3. MA’RUZA VA AMALIY MASHG’ULOTLARDA
QO’LLANILADIGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
AQLIY HUJUM METODI
Aqliy hujum (breynstroming-aqllar to’zoni) –
amaliy yoki ilmiy muammolar
yechish g’oyasini jamoaviy yo’zaga keltirishda qo’llaniladigan metod.
Metod chegaralangan vaqt oralig’i ichida aniq muammo (savol, masala)ni
yechishning noan’anaviy yo’llarini izlash bo’yicha o’quvchilarni aqliy faoliyatini
yo’naltirishga asoslangan.
O’quv mashg’ulotidagi aqliy hujum uchunmuammoni tanlash quyidagi
tamoyillar bo’yicha amalga oshiriladi:
tanlangan muammo nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lishi
hamda
o’quvchilarda faol qiziqish uyg’otishi kerak;
ko’p har xil ma’nodagi yechim variantlariga ega bo’lishi kerak.
O’qitish texnologiyasini ishlab chiqishda aqliy hujum metodi o’quv
mashg’ulotining bir lavhasi yoki butun mashg’ulotni o’tkazish asosi sifatida
rejalashtirilgan bo’lishi mumkin.
Aqliy hujum metodining texnologik chizmasi 1-rasmda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: