Namangan muhandislik pedagogika isntituti "menejment" kafedrasi ismatov r. O., Ahmedov o. T



Yüklə 10,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/147
tarix17.10.2023
ölçüsü10,68 Mb.
#156681
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   147
strategik menejment

2.2. Kompaniya maqsadlarini o’rnatish 
 
Maqsadni aniqlash strategik ko’rish va kompaniyaning rivojlanish yo’nalishlarini 
aniq maqsadga aylantirib beradi. 
Maqsad - bu korxona boshqaruv apparatining 
belgilangan vaqtda aniq natijaga erishish majburiyatidir.
 
Korxonaning o’zoq muddatli rejalari aniq o’lchanadigan konkret vazifalarga 
aylantirilmaguncha missiya va Korxonaning kelajak niyatlari chiroyli so’zlar bo’lib 
qolaveradi. 
Maqsadni aniqlash strategik boshqarishning xal qiluvchi daqiqasidir.
Korporativ maqsad - bu tashkilot o’z aktsionerlarining manfaatlariga qanday 
qarashini ko’rsatuvchi birinchi hal qiluvchi ko’rsatkichdir. Maqsadga yo’nalganlik 
Korxonaning biznesini, asosiy maqsadlarini, xarakteristiqalarini va uning yetakchi 
8
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.34 
34


falsafasini ifodalaydi. Maqsadga yo’nalganlik kelgusi strategik qarorlar uchun 
tashkiliy mazmun kasb etadi.
Korporativ maqsadga yo’nalganlikning uch asosiy tarkibiy qismi quyidagilardan 
iborat: 

Korxonaning biznesini aniqlash 

uning asosiy maqsadlarini belgilash 

korporativ falsafani aniqlash. 
Kompaniyaning maqsadga yo’nalganligi va strategiyasini ifodalashga turli tashqi 
va ichki guruxlar ta’sir ko’rsatadi (3-rasm.)
 
 
 
 
 
3-rasm. Maqsadni belgilash va korxona strategiyasini shakllantirishda xarakatlanuvchi 
guruhlar 
Biznesni aniqlashda quyidagi savollarga javob berish lozim: 
- Bizning biznesimiz nimadan iborat? 
- U qanday bo’ladi? 
- U qanday bo’lishi kerak? 
Birgina biznes bilan shug’ullanuvi kompaniya uchun «Bizning biznesimiz 
nimadan iborat?» degan savolga beriladigan javob quyidagi savollarga javob topishni 
taqozo etadi: 
- kimning ehtiyoji qondiriladi (istemolchilarning qanday guruxlari)? 
- qanday extiyojlar qondiriladi (istemolchilarning qaysi extiyojlari)? 
- istemolchilarning extiyojlari qanday qondiriladi (san’at yoki farq qiluvchi 
ustunliklar)? 
Diversiyalangan kompaniya uchun «Bizning biznesimiz nimadan iborat?» degan 
savol ikki tabaqada ko’rib chiqilishi kerak: 
- xo’jalikning o’rta bo’g’inlari uchun istemolchiga yo’naltirilgan (birgina biznes 
bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun ham); 
- korporatsiya miqyosidagi xo’jalikning o’rta bug’inlari portfeliga yo’naltirilgan. 
Bu esa quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
- kompaniya portfelining maqsadlari
- xo’jalikning o’rta bug’inlari portfeli diversifikatsiyasi; 
- portfeldagi xo’jalikning o’rta bug’inlari o’rtasidagi balans. 

Yüklə 10,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin