Namangan muhandislik pedagogika isntituti "menejment" kafedrasi ismatov r. O., Ahmedov o. T


Noturdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash strategiyasi



Yüklə 10,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/147
tarix17.10.2023
ölçüsü10,68 Mb.
#156681
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   147
strategik menejment

7.6. Noturdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash strategiyasi 
 
Diversifikatsiyalash xaqidagi qaror daromadli kompaniyalarni izlash va sotib 
olish natijasi xisoblanadi. Noturdosh diversifikatsiyalashning asosiy qoidasi shuki, 
unda manfaatli moliyaviy shartlarda sotib olinishi mumkin bo’lgan va foyda olish 
uchun yaxshi istiqbolga ega bo’lgan xar qanday kompaniya diversifikatsiyalash uchun 
manfaatli yunalish bo’ladi. Ba’zida, noturdosh diversifikatsiyani amalga oshirayotgan 
kompaniyalar o’zining aloxida mavqei xisobiga tez moliyaviy foyda olish uchun 
imkoniyatlarni taklif qiladigan kompaniyalarni izlab topishga o’z kuchlarini 
yunaltiradilar. Bunday korxonalarning uchta turi mavjud bo’ladi. 
1) Narxi pasaytirilgan kompaniya. Bunday xolda mazkur korxonalarni bozor 
narxlaridan pastrok narxlarda sotib olish imkoniyati mavjud. Bu esa keyinchalik 
kompaniyani nisbatan yuqori narxda sotish imkonini beradi. 
2) Moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan kompaniyalar. Bunday 
korxonalar shartnomaviy narxlarda sotib olinishlari mumkin. 
3) O’sish imkoniyatlari katta bo’lib, investitsiya imkoniyatlari bo’lmagan 
kompaniyalar. 
Noturdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash quyidagi no’qtai nazardan juda 
jozibalidir: 
1. Tijorat tavakkalchiligi sanoatning ko’pgina xar turli tarmoqlari bo’yicha 
«sochilgan» bo’lib, bu kompaniyani biron-bir sohasida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan 
muammolar izmida bo’lish darajasini pasaytiradi. 
2. Kompaniyaning moliyaviy resurslari rentabellik no’qtai nazaridan jozibali 
istiqbollari bo’lgan tarmoqlarga investitsiya qilinishi mumkin. 
79


3. Kompaniyaning ichki foyda normasi umuman sezilarli darajada 
barqarorlashadi, chunki bir tarmoqdagi qiyinchilik davrlari boshqasi xisobiga qisman 
kompensatsiya qilinishi mumkin. 
4. Korporativ raxbariyat yetarli baholanmagan kompaniyalarning xaqiqiy 
qiymatini aniqlash tajribasini orttirib borgan sari, korporatsiyaning moliyaviy axvoli 
yaxshilanib, aktsiyalarning daromadliligi oshib boradi. 

Yüklə 10,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin