Namangan muhandislik pedagogika isntituti "menejment" kafedrasi ismatov r. O., Ahmedov o. T



Yüklə 10,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/147
tarix17.10.2023
ölçüsü10,68 Mb.
#156681
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   147
strategik menejment

 
6. Portfeldagi ko’pgina yunalishlar borgan sari jozibasizroq bo’lib boradi va 
ularni jiddiy ravishda qayta ko’rib chiqish talab etiladi.
 
 
7.9. Ko’pmillatli diversifikatsiyalash strategiyasi 
Diversifikatsiyalashning ko’pmillatli strategiyasini farqlantirib turuvchi belgisi 
portfelda korxonalar sonining va qamrab olingan milliy bozorlar sonining ko’pligi 
xisoblanadi. Bunday xollarda korporatsiya raxbariyati xar bir tarmoqqa bo’lmaganda 
bittadan turli strategik yondoshuvlarni rivojlantirib va qo’llab borishi kerak. 
Menejerlar turli tarmoqlarga tegishli va turli mamlakatlarda joylashgan korxonalarning 
strategik tadbirlarini muvofiqlashtirish uchun muvaffaqiyatli yechimlar topishni 
bilishlari lozim. Strategik muvofiqlashtirishning maqsadi faoliyatining xar bir sohasida 
va xar bir milliy bozorda barqaror raqobat ustunligini ta’minlash uchun resurslar va 
muvofiqlashtirish imkoniyatlaridan to’lik foydalanish xisoblanadi. 
60-yillarning boshlanishida TMK turli mamlakatlarda butunlay mustaqil bo’lgan 
kichik korxonalar qatori sifatida mavjud bo’lgan. Ularning xar biridan o’z milliy 
qonunchiliklarining o’ziga xos xususiyatlariga muvofiq kelish talab etilgan. 
70-yillardan boshlab ko’pmillatli strategiya o’z samarasini yuqota boshladi. 
80-yillardan boshlab raqobat ustunligining boshqa manba’i vujudga kela 
boshladi: bir yo’la bir nechta tarmoqlarda kuchli raqobat pozitsiyalarini egallash uchun 
bog’liq tarmoqlarni diversifikatsiyalashning strategik manfaatlaridan foydalanish. 
 
Nazorat uchun savollar 
 
1. Kompaniyaning amaldagi strategiyasini baholash uchun qanday savollar 
qo’yiladi? 
2. Matritsa usulining mohiyati. 
3. Indikativ usulning mohiyati nimada? 
4. Tarmoqlarning jozibadorligi qanday taqqoslanadi? 
5. Strategik moslik qanday aniqlanadi?
6. Diversifikatsiyalashning ko’pmillatli strategiyasini farqlantirib turuvchi belgisi 
qanday? 
7. Noturdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash strategiyasini ko’pmillatli 
diversifikatsiyalash strategiyasidan qanday jihatlari bilan farqlanadi?

Yüklə 10,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin