Namangan muhandislik pedagogika isntituti "menejment" kafedrasi ismatov r. O., Ahmedov o. T



Yüklə 10,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/147
tarix17.10.2023
ölçüsü10,68 Mb.
#156681
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   147
strategik menejment

yuqori (>1) quyi (<1) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
8.1-rasm. Kompaniya xo’jalik portfelining o’sish/o’lush BKG matritsasi 
So’rov belgilari yoki «murakkab bolalar» matritsaning yuqoridan ung katagiga 
tushgan kompaniyalarni BKG «so’rov belgilari» yoki murakkab bolalar deb ataydi. 
Yuqori o’sish sur’atlari ularni tarmoq no’qtai nazaridan jozibali qiladi. Lekin, 
bozorning nisbiy ulushini pastligi bu tarmoqlar faoliyat olib borayotgan raqiblar bilan 
Yulduzlar
So’rov belgilari yoki 
murakkab bolalar
Sog’in sigirlar
Itlar
83


muvaffakiyatli raqobat qila oladilarmi degan savolni quyadi. «So’rov belgilari» yoki 
«murakkab bolalar» ning qismati shunday. 
Yuldo’zlar. Tez usayotgan tarmoqlardagi yuqori nisbiy bozor ulushiga ega 
bo’lgan kompaniyalar jadvalida yuldo’zlar deb nomlangan. CHunki ular eng ko’p 
foyda olish va o’sish istiqboliga ega bo’ladilar. 
Sog’in sigirlar. Sekin o’sayotgan tarmoqlarda yuqori nisbiy bozor ulushiga ega 
bo’lgan kompaniyalar BKG jadvalida sog’in sigirlar deb atalgan. 
Itlar. Sekin usayotgan tarmoqlardagi past nisbiy bozor ulushiga ega bo’lgan 
kompaniyalar. Bularning o’sish istiqbollari zaif bo’lib, bozorda qolok pozitsiyalarni 
egallaydilar. Tajriba egri chizigida ilg’orlardan keyinda turishlari ular oladigan 
foydaning xajmini cheklaydi. 
«O’sish- o’lush» matritsasining asosiy ustunligi shundan iboratki, u naqd 
pullarning xarakati va xar bir biznesning investitsion ta’siridagi diqqatini qaratadi. 
Korporatsiyaning moliyaviy resurslarini xo’jalik birliklari o’rtasidagi qanday qilib 
oqilona taqsimlash mumkin degan savolga javob beradi. 
«Jozibalik - pozitsiya» matritsasida xar bir xo’jalik birligining axvoli tarmoqning 
o’zoq muddatli jozibaligini kuchini qismining raqobatdagi pozitsiyasini son jixatdan 
baholash asosida aniqlanadi. Tarmoqning jozibaligi - raqobatdagi pozitsiya matritsasi 
«o’sish- o’lush» matritsasiga qaraganda ancha kuchli kontseptual asosga egadir. 
Xayotiy tsikl matritsasi diversifikatsiyalangan kompaniyaning turli xo’jalik 
birliklarini tarmoqning xayotiy tsikli bosqichlari bo’yicha taqsimlanishini ko’rsatadi. 
Ushbu matritsa «Menejment asoslari» kursida batafsil ko’rib chiqilgan. Undan 
foydalanishdan asosiy maqsad menejerga korxona portfelidagi o’rta korxonalar 
o’rtasidagi moliyaviy oqimlarga bo’lgan talablarni aniqlashda yordam berishdir. BKG 
yondashuv uchta asosiy bosqichdan iborat: 
- korxona faoliyat sohasini o’rta korxonalarga bo’lish va ularning o’zoq muddatli 
istiqbollarini baholash; 
- o’rta korxonalarlarni matritsa yordamida o’zaro taqqoslash; 
-xar bir o’rta korxonalarga nisbatan strategik maqsadlarni ishlab chiqish. 
BKGning asosiy tavsiyalari: 
1. «Sog’in sigirlar»dan tushgan daromadlarning ortiqcha qismi tanlangan 
«yovvoyi mushuklar»ni rivojlantirish va rivojlanayotgan «yulduz»larni tarbiyalashga 
sarflanishi kerak. O’zoq muddatli maqsadlar «yulduzlar»ning pozitsiyalarini 
mustahkamlash va «yovvoyi mushuklarni» «yulduzlar»ga aylantirishdan iborat bo’lib, 
bu kompaniya portfelining jalb qiluvchanligini yanada kuchaytiradi. 
2. O’zoq muddatli istiqbollari zaif yoki mavxum bo’lgan «yovvoyi mushuklar»ni 
shunday yechintirish kerakki, kompaniyadagi moliyaviy resurslarga bo’lgan talabning 
kamayishiga erishish lozim. 
3. Tarmoqdagi o’rta korxonalar «kuchuk»larga aylanib qolganda kompaniya 
«xosilni yig’ib olish», «echintirish» yoki tugatish yordamida sohani tark etishi kerak. 
4. Agar kompaniyaga «sog’in sigirlar», «yulduzlar» yoki «yovvoyi mushuklar» 
yetishmayotgan bo’lsa, u xolda portfelni muvozanatlash uchun yon bosib, 
«echintirish» kerak bo’ladi. Portfelda kompaniyaning sog’lom o’sishini ta’minlash 
uchun yetarli miqdorda «yuldo’zlar» va «yovvoyi mushuklar» bo’lishi xamda ularni 
investitsiyalar bilan ta’minlash uchun «sog’in sigirlar» mavjud bo’lishi kerak. 
BKG matritsasining asosiy afzalligi turli o’rta korxonalar uchun moliyaviy 
mablag’larni oqimlariga qaratilishi va ushbu oqimlardan korporatsiya portfelini 
optimallashtirish uchun foydalanilishidir. Ammo BKG matritsasida bir qator 
84


kamchiliklar ham bor. Bu ikki o’lchamli soddalashtirilgan model bo’lib, bir qator 
muxim omillarni xisobga olmaydi. Bozorning kichik qismini egallagan biznes ham 
juda katta daromad keltirishi va kuchli raqobatli pozitsiyani egallashi mumkin. Xuddi 
shuningdek, o’rta korxonalarning jalb qiluvchanligini belgilovchi yagona omil emas. 

Yüklə 10,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin