Namangan muhandislik pedagogika isntituti "menejment" kafedrasi ismatov r. O., Ahmedov o. T


O’rta korxonalar evolyutsiyasining matritsasi



Yüklə 10,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/147
tarix17.10.2023
ölçüsü10,68 Mb.
#156681
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   147
strategik menejment

 
8.3. O’rta korxonalar evolyutsiyasining matritsasi 
Bunday matritsaning ustunligi korxonao’rta korxonalarining xayot tsiklining turli 
bosqichlari buylab taqsimlanishidir. Masalan, yuqori saloxiyatli «suroq belgisi» 
shaklidagi o’rta korxonalar va «rivojlanayotgan g’oliblar»ni kelgusida «ustivor 
g’oliblar» va «daromad ishlab chiqaruvchi»larga aylanishi uchun qo’llab-quvvatlash 
lozim. Potentsial «yutqazayotgan» o’rta korxonalarni imkon qadar tezroq «echintirish» 
kerak. Yetuklik va pasayish bosqichlaridagi o’rta korxonalardagi biznesni shunday 
boshqarish kerakki, ularning raqobat kuchidan foydalanish imkoniyati yaratilishi 
86


lozim. Ushbu o’rta korxonalarning xar qanday ortiqcha pul mablag’lari 
«rivojlanayotgan g’oliblar»ni va o’sishning sekinlashish bosqichini boshidan 
kechirayotgan o’rta korxonalarni qo’llab-quvvatlash uchun ishlatilishi lozim. 
Ushbu matritsa xam, Mak Kinsey matritsasi kabi, menejerlarga o’rta korxonalar 
portfelining muvozanatlashganlik darajasini baholashga imkon beradi. 
Muvozanatlashgan portfelda «ustivor g’oliblar» va «daromad ishlab chiqaruvchilar», 
bir nechta «rivojlanayotgan g’oliblar» va yuqori potentsialli «suroq belgilari» bo’lishi 
lozim. Ayni paytda ushbu matritsa o’rta korxonalar portfelining dinamikasini 
baholashga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, ushbu matritsa Mak Kinsey matritsasiga 
qo’shimchadir, chunki u ko’pgina muxim omillarni aks ettirmaydi. 
Bunday texnologiyaning ustunliklari quyidagilardan iborat: 
- menejerlar uchun diversifikatsiya oqibatlarini tahlil qilish imkoniyati; 
- aloxida o’rta korxonalar o’rtasidagi kerakli pul oqimlarining aks ettirilishi
korxonaning oliy raxbariyati uchun resurslarni tug’ri taqsimlash imkoniyati; 
- o’rta korxonalar portfelining muvozanat kontseptsiyasi o’rta korxonalarning 
xozirgi strukturasini aniqlashga va o’zoq muddatli daromadlarni optimallashtirishga 
imkon beradi (muvozanatlashgan portfel
ь
- kompaniyaning kuchli jixati bo’lib, 
muvozanatlashmagan portfel esa uning zaifligi xisoblanadi). 
Ammo o’rta korxonalar taxhlilining matritsa texnologiyasi ma’lum bir 
«qopqon»larga olib kelishi mumkin: 
- o’rta korxonalar sonining ko’pligi korxona raxbariyati uchun axborotning 
g’oyatda ko’pligi tufayli turli muammolarni vujudga keltirishi mumkin (amalda bu 
o’rta korxonalar soni 40-50 taga yaqin bo’lganda yo’z beradi);
- o’rta korxonalar va butun kompaniyaning moliyaviy ustunliklari o’rtasida 
ziddiyatlar vujudga kelishi mumkin
- matritsa texnologiyasidan soddalashtirilgan xolda foydalanish vertikal 
integratsiyadan yoki bog’liq diversifikatsiyadan foydalanadigan kompaniyalar uchun 
muammolar vujudga kelishi mumkin (o’rta korxonalar o’rtasidagi muxim strategik 
munosabatlarni ham xisobga olish lozim). 

Yüklə 10,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin