O’rta korxonalarning muvozanatlashgan portfelida asosan «g’oliblar» va
rivojlanayotgan «g’oliblar», bir nechta «daromad ishlab chiqaruvchilar» va
«g’oliblar»ga aylana oladigan, birozgina kichik «suroq belgilari» bo’lishi kerak.
Biroq, ko’pincha kompaniyalarning portfellari muvozanatlashmagan bo’ladi.
Bunday muvozanatlashmaganlikning turli ko’rinishlari 8.1.-jadvalda ko’rsatilgan.
8.1-jadval
Kompaniyalar portfelini muvozanatlashmaganlik turlari
Asosiy muammolar
Umumiy belgilar umumiy
to’zatishlar
«Yutqazuvchilar»
xaddan tashqari ko’p
Moliyaviy
oqimlarning
mos emasligi.
Daromadning mos
emasligi
O’sishning
mos emasligi
«Echintirish» (tugatish)
«Yutqazuvchi» o’rta korxonalarda
«xosilni yig’ib olish»
«Daromad ishlab chiqaruvchilar»ni sotib
olish. G’oliblarni sotib olish
«So’roq belgilari»
xaddan tashqari ko’p
Moliyaviy oqimlarning
mos emasligi.
Daromadning mos
emasligi.
«Echintirish» (tugatish)
Tanlab olingan «suroq belgilarida»
«xosilni yig’ib olish»
«Daromad ishlab
chiqaruvchilar»
xaddan tashqari ko’p
O’sishning mos emasligi
Ortiqcha moliyaviy
oqimlar
«G’oliblar» ni sotib olish
Tanlab olingan «so’roq belgilari»ni
hustirish va rivojlantirish
«G’oliblar» xaddan
tashqari ko’p
Mablag’larning ortiqcha
talab
qilinishi
Boshqarishda ortiqcha
urinishlar o’sish va
daromadning barqaror
emasligi
Tanlab olingan «Rivojlanayotgan
g’oliblar»ni «echintirish»
«Daromad ishlab chiqaruvchilar»ni sotib
olish
Mak Kinsey matritsasining katta afzalliklaridan biri uning moslashuvchanligidir.
Ushbu yondashuv turli tarmoqlarning raqobatli muvaffaqiyatning turli omillari bilan
xarakterlanishini xisobga oladi. Ayni paytda unda BKG yondashuvlaridagiga
qaraganda ko’proq strategik muxim o’zgaruvchilar xisobga olinadi. Ammo ushbu
yondashuv xar tomonlama mukammal emas. Asosiy
qiyinchiliklardan biri shuki, u bir
qator muxim strategik yechimlarni beradi, biroq ularning qaysi biri afzal ekanligini
ko’rsatib bermaydi. Demak, strategik menejer ushbu tahlilga sub’ektiv fikrlarni
qo’shimcha qilishi kerak. Korxonaning bozordagi holatini aks ettirishning barqarorligi
ham yana bir muammodir.
Dostları ilə paylaş: