Namangan muhandislik pedagogika isntituti "menejment" kafedrasi ismatov r. O., Ahmedov o. T


Korporativ strategiyani ishlab chiqish



Yüklə 10,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/147
tarix17.10.2023
ölçüsü10,68 Mb.
#156681
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   147
strategik menejment

 
8.5. Korporativ strategiyani ishlab chiqish 
 
Strategik muvofiklikning tahlili. 
Bu tahliliy qadamning mazmuni, xar bir o’rta korxonalar kompaniyaning 
umumiy biznes manzarisiga qanchalik yaxshi mos tushadi. Mos kelishiga no’qtai 
nazardan kurilishi kerak: 
1. xo’jalik qismi kompaniya diversifikatsiya qilayotgan boshqa faoliyat turlari 
bilan kimmatli strategik moslashuvga egami? 
2. biznes birlik kompaniya strategiyasiga kushilib keta oladimi yoki xo’jalik 
portfeliga foydali kushimcha bo’ladimi. Agar biznes kushma faoliyat, raqobat 
ustunligini kuchaytiruvchi maxorat va tovar markasini uikazish imkoniyatlariga ega 
bo’lsa, xamda kompaniya rivojlanishi umumiy yunalishiga mos kelsa, strategik 
jixatdan yanada jonlirok bo’ladi. Agar biznes korporatsiyaning ma’lum maqsadlariga 
erishishiga sezilarli xissa kushsa, xamda kompaniyaning umumiy daromadini sezilarli 
oshirsa, u moliyaviy jixatdan kimmatli bo’ladi. Foyda olish no’qtai nazaridan 
istiqbolsiz bo’lgan biznes birliklar kabi umumiy biznes manzaraga mos kelmaydigan 
xo’jalik qismlari xam korporatsiya faoliyat doirasidan chiqarilishiga nomzod 
xisoblanadi. 
Strategik muvofiqlik tahlil diversifikatsiyalangan kompaniya faoliyatini 
yaxshilash bo’yicha strategik qadamlarni ishlab chiqish uchun zamin yaratadi. Nima 
qilmoq kerakligi to’grisida asosiy xulosa portfeldagi faoliyat turlari yig’indisiga 
tegishli xulosalarga bog’liq. 
Xo’jalik portfelida juda xam jozibali tarmoqlarda faoliyat ko’rsatayotgan biznes 
birliklar yetarlimi? 
Ishbop faollik portfelida xayotiy tsikl oxirgi bosqichida bo’lgan xo’jalik qismlari 
yoki «So’rov belgili» kompaniyalar juda xam ko’p emasmi? 
89


Etuklik va tushkunlik bosqichida bo’lgan xo’jalik qismlari o’rtasida 
nomutanosiblik (disproportsiya)lar yuqmi? Agar mavjud bo’lsa, kompaniyani o’sishini 
sekinlashtiradigan darajada katta emasmi? 
«Yuldo’zlar»ni va yangi paydo bo’layotgan goliblarni moliyalash uchun 
korxonada «Sog’in sigirlar» yetarlimi? 
Xo’jalik portfeli mavsumiy yoki bo’ronli tebranishlarga moyil emasmi? 
Bu kabi savollarga javoblar korporativ strategiya mualliflari faoliyatining ba’zi 
turlaridan kechish, yangi xaridorlar yoki xo’jalik portfelini qayta tarkiblash xaqida 
o’ylab ko’rishlari kerakmi yoki yuqmi ekanligini ko’rsatadi. 
Mavjud faoliyat turlari bilan korxonaning maqsadlariga erishish imkoniyatlari 
diversifikatsiyalangan kompaniya xo’jalik portfelini strategik va moliyaviy jixatdan 
jozibali ekanligini yaxshi mezoni bo’lib xisoblanadi. Bunday xolda korporativ 
strategiya sezilarli o’zgarishlar talab etmaydi. Lekin ba’zi bir maqsadlarga erishib 
bo’lmaslik extimoli bo’lsa, korporativ strategiya mualliflari bunday nomuvofiqlikni 
tugatish uchun ba’zi bir chora-tadbirlarni amalga oshirishi mumkin: 
1.Ishbop faollik portfelidagi ba’zi biznes birliklarning strategik rejalarini 
o’zgartirish. 
2.Ishbop faollik portfeliga yangi xo’jalik qismlarini qo’shish. 
3.Zaif va zararga ishlayotgan biznes birliklaridan voz kechish. 
4.Faoliyatning past natijalarining sababi bo’lib xisoblangan sharoitlarni 
o’zgartirishga urinish sifatida alyans tashkil etish. 
5.Korporatsiya maqsadlarini qayta ko’rib chiqish (faoliyatning ancha kamtarona 
natijalariga yul tutish) 
Diversifikatsiyalangan kompaniyalarning ishbop faolligi portfeliga kiruvchi 
xo’jalik qismlari faoliyatida yuqori natijalarga erishish uchun, korporatsiya menejerlari 
mavjud resurslarni samarali taqsimlashlari lozim. Ular resurslarni past imkoniyatli 
sohalardan yuqori imkoniyatli sohalarga yunaltirishlari kerak bo’ladi.
Korporatsiya portfelining eng yaxshi varianti uning o’rta korxonalar tomonidan 
yuqori darajada jalb qiluvchanligidir. Portfeldagi mutanosiblikning turli variantlari va 
ularni bartaraf qilish usullari yuqorida ko’rib o’tildi. Xatti-xarakatlar rejasini ishlab 
chiqishdagi (o’zgarish kiritishdagi) yakuniy bosqich raqobatli potentsialning asosini 
tashkil qiluvchi o’rta korxonalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning 
muvofiqlashtirilishini ta’minlashdir. 
Bunday muvofiqlashtirishning quyidagi yullarini ko’rsatib utish mumkin: 
- korxonaning qiymat zanjiridagi bog’liq faollikni ajratib ko’rsatish 
(markazlashmagan xaridlar, xamkorlikdagi ITTKI, ishlab chiqarishni to’liq yoki 
qisman integratsiyalash, dilerlik tarmog’ini integratsiyalash va savdoni tashkil qilish); 
- korxonaning istemolchilarga, ta’minotga, taqsimot kanallariga va 
raqobatchilarga qarshi mudofaa yoki xujum frontini tashkil qilishga yondashuvidagi 
kuchli tomonlarini mustahkamlash maqsadida o’rta korxonalar bilan bog’liq 
strategiyalarni muvofiqlashtirish
- korporatsiyalar bosqichida raqobat kurashidagi xatti-xarakatlarning yagona 
strategik rejasini ifodalash; 
- o’rta korxonalar o’rtasida o’zaro munosabatni tashkil qilish, «nou-xau»larni, 
ilg’or texnologiyani berish va tajriba almashish uchun komitetlar va loyixa guruxlarini 
barpo etish; 
- strategik o’zaro munosabatlarni mustaxkamlash, mavjud biznesning qiymat 
zanjirida yutuqqa erishish uchun yangi biznes tomon diversifikatsiyalanish; 
90


- strategik o’zaro munosabatlarning asosiy kontseptsiyasiga mos kelmaydigan va 
muvofiqlashtirish qiyin bo’lgan o’rta korxonalarni qisqartirish; 
- boshqaruvchi o’rta korxonalarni korporatsiyaning strategik potentsialini 
ruyobga chiqarish manfaatlarida xamkorlikda ishlashga undash. 

Yüklə 10,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin