O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 8- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix19.10.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#156917
1   2   3   4   5   6   7   8
Nuritdinova Toshtilla Mo‘minovna

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
8-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.05.2022
670 
Shundan so’ng shaxs va narsa bildirgan so’zlar ot; belgi bildirgan so’zlar sifat; 
harakat bildirgan so’zlar fe’l; miqdor bildirgan so’zlar son degan atama bilan 
tanishtirildi va yuqoridagi so’zlar tarmoqqa kiritildi. 
-O’ylang ot, sifat, fe’l, sonni bitta so’z bilan nima deb nomlash mumkin? 
So’z turkumlari mavzusi bo’yicha klaster tuzishdan mavzuni o’rganmasdan oldin 
foydalanish o’quvchilarni yangicha fikr yuritishga undaydi. Metodist olimlar 
aytganidek, klasterni mavzuni o’rganishni boshlash jarayonida tuzish “ bilimlarga 
yetib borish strategiyasi” ekanini isbotlaydi. 
4- sinfda “ So’z turkumlari” bo’limi yuzasidan umumlashtiruvchi takrorlash 
darsida 
“Zig- zag”
metodi ham yaxshi samara berdi. Sinf jamoasini kichik guruhlarga 
bo’ldik. Har bir jamoada oltitadan o’quvchi bo’ldi, har bir guruhda boshqaruvchi 
belgilandi. U jamoasi tomonidan aytilgan fikrlarni to’ldiradi va sistemaga soladi. 
Guruhlarga ajratishda rangli doirachalardan foydalandik. Bir xildagi doiracha olgan 
bolalar bir stol atrofida birlashdilar. Bunda kuchlarning teng 
bo’lishiga e’tibor berdik. 
1- guruh uchun.
1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz? 
2. Ot so’z turkumidagi so’zlarga qaysi qo’shimchalar qo’shiladi? Otga 
qo’shiladigan qo’shimchalarning vazifalarini ayting. 
2- guruh uchun.
1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz? 
2. Otning belgilarini bildiradigan so’z turkumi qaysi?U otning qanday 
belgilarini bildiradi? 
3- guruh uchun.
1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz? 
2. Ot , sifat, fe’l yasovchi qo’shimchalarni klasterda ifodalang va 
ularni misollar bilan tushuntiring. 
4- guruh uchun.
1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz? 
2. Ot, sifat, fe’l yasovchi qo’shimchalarni klasterda ifodalang va ularni 
Misollar bilan tushuntiring. 
5- guruh uchun.
1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz? 
2. Son so’z turkumining xususiyatlarini klasterda ifodalang. Sonlar nimaning 
miqdori va tartibini bildiradi? 
O’quvchilarning jamoasi vazifani bajarib bo’lishgach, guruhlar almashtirildi, ya’ni 
boshqaruvchi guruhidagi o’quvchilarni ikkita va bitta qilib boshqa guruhlarga tarqatdi. 
Yangi tuzilgan jamoada har bir guruh vakili tartib bilan o’z bilganlarini 
boshqalarga tushuntirib berdi. Shundan so’ng o’rganilganlar yuzasidan taqdimot 
bo’ldi. 
O’qituvchi savollar yordamida sinf o’quvchilarining bilimlarini aniqlaydi. 



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin