O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 8- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix19.10.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#156917
1   2   3   4   5   6   7   8
Nuritdinova Toshtilla Mo‘minovna

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
8-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.05.2022
667 
iv.
otlarda son (otning birlik va ko'plikda qo'llanishi) bilan tanishtirish; 
v.
otlarni egalik qo'shimchalari bilan to'g'ri qo'llash ko'nikmasini 
shakllantirish; 
vi.
otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo'shimchalarining 
yozilishi haqida malaka hosil qilish; 
vii.
o'quvchilar lug'atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, 
o'rinli foydalanish malakasini o'stirish; 
viii.
so'zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish. 
Bu vazifalarning har biri alohida etnas, balki bir-biri bilan o'zaro bog'liq holda hal 
etiladi. Shu bilan birga, ,,Ot" mavzusini o'rganishning muayyan bosqichida bajarish 
lozim bo'lgan bir vazifani hal qilishga ko'proq ahamiyat beriladi. 
Masalan, 1-2-sinflarda so'z turkumi sifatida otning belgilari (nimani bildirishi, 
so'roqlari) o'rganiladi, 3-sinfda esa otga atama beriladi, birlik va ko'plikda 
qo'llanishini o'zlashtirishga ahamiyat beriladi. 4-sinfda otning egalik qo'shimchalari 
bilan qo'llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo'shimchalarining yozilishini 
o'rganishga e'tibor qaratiladi. O'quvchilarning nutqi va tafakkurini o'stirish vazifasi 
esa mavzuni o'rganishning barcha bosqichlarida hal qilinadi. Grammatik materialni 
o'rganish va orfografik malaka hosil qilishning butun jarayoni o'quvchilar lug'atini 
boyitishga, bog'lanishli nutq malakalari va fikrlash qobiliyatlarini o'stirishga qaratiladi. 
So'z turkumi sifatida ot muayyan leksik ma'nolari va grammatik belgilari bilan 
ajralib turadi. Barcha otlarning umumiy leksik ma'nosi shaxs va narsani ifodalash 
hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar 
(kishi, (lush, hayvon, asalari), 
yer va osmonga oid 
narsalar 
(quyosh, yulduz, daryo, tog'), 
o'simliklar 
(paxta, beda, gul), 
voqealar 
(yig'in, 
majlis), 
tabiat hodisalari 
(shamol, bo'ron, yomg'ir, momaqaldiroq), 
belgi-xususiyat 
(ahillik, kuchlilik, samimiyat), 
harakat-holat 
(uyqu, sevinch, kurash), o`rin v
a vaqt 
(yoz, 
bahor, joy) 
nomlarini bildiradi. 
Otlarning grammatik belgilari: otlar birlik va ko'plikda qo'llanadi, egalik 
qo'shimchalari bilan o'zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, gapda ko'proq ega, 
to'ldiruvchi, aniqlovchi, shuningdek, hol vazifasida keladi. Ot nutqda sifat, son, olmosh, 
fe'l bilan birika oladi. 
Otning ma'nolari va grammatik belgilari xiyla murakkab, shuning uchun ham ot 
haqidagi bilim o'quvchilarda amaliy vazifalarni bajarish jarayonida asta shakllantira 
boriladi. 
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida ot so’z turkumini o’rgatishda quyidagi 
didaktik o’yinlardan samarali foydalanish mumkin. 
«Maqollarda antonimlar»
 
Ma’lumki, o’zbek xalq maqollarida antonimlar ko’proq uchraydi. Shu bois bu 
shartda o’quvchilar navbatma-navbat ot antonimlar ishtirok etgan maqollaridan 
aytadilar. Masalan, «yaxshiga yondash, yomondan qoch», «do’st achitib gapirar, 
dushman kuldirib gapirar», «kattaga hurmatda bo’l, kichikka izzatda» va x.k. 



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin