O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 8- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix19.10.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#156917
1   2   3   4   5   6   7   8
Nuritdinova Toshtilla Mo‘minovna

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
8-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.05.2022
671 
“ Kim ko’p eslab qoladi ?” 
deb nomlagan holda o’tkazish mumkin. Bu 
diktantning maqsadi xotirani ishga solish va imloviy ko’nikmalarni shakllantirishdir. 
Bunda o’qituvchi har bir gapni bir marta o’qiydi. O’quvchilar yodida qolganlarini 
yozadi.O’qituvchi bir oz pauzadan so’ng ikkinchi gapni o’qiydi. O’yin – diktantning 
materiali sifatida so’z olinishi ham mumkin. Unda ham o’qituvchi 3 ta so’zni birdaniga 
o’qiydi va 10 – 15 soniya pauza qilinadi.O’quvchi eslab qolganini yozadi. Keyin yana 
uch so’z o’qib beriladi. Bunday tipdagi o’yin lug’at diktantiga 1 – sinfda 5 – 8, 2 – sinfda 
8 – 10, 3 – sinfda 10 – 12, 4 –sinfda 12 – 15 so’z olinadi. Diktant yozib bo’lingach, har 
bir o’quvchi diktantidagi so’zlar sonini sanaydi. O’qituvchi oldindan diktantning to’liq 
matnini yozib, ustini bekitib qo’ygan bo’ladi.O’quvchilar diktantini tekshirayotganda 
uning ustini ochib qo’yadi. 
O’quvchilarning bahosi tushirib qoldirgan so’zlar soniga qarab pasaytiriladi. 
O’quvchilar diktantni yozib bo’lishgach, o’rganilgan mavzulardan kelib chiqib 
topshiriqlar berilishi mumkin. Masalan, “ So’zlardagi unlilarning tagiga chizing “, “ 
Ajratib ko’rsatilgan so’zga ma’nodosh so’z toping “, “ Shu so’zlar ishtirokida gap tuzing 
“, “ Gap tuzing va tuzgan gaplaringizning bosh va ikkinchi darajali bo’laklarini aniqlang, 
tagiga tegishlicha chizing “ kabi. 
Dastlabki paytlarda ohangdosh so’zlardan foydalanish lozim ( ustun, tutun, 
osmon, somon kabi ). Bu o’yinni dastlabki paytlarda “ Eslab qol “ deb nomlash mumkin. 
Diktant yuzasidan o’quvchilar bilan quyidagi savollar asosida suhbat o’tkazish 
mimkin. Inson qancha so’zni xotirada saqlab qola oladi ? Nima uchun birov so’zlarni 
ko’p eslab qoladi, boshqa birovlar kam so’zni eslab qoladi. 
Suhbatdan so’ng o’quvchilarga ko’cha, daryo, shahar, kishilarning ismi, badiiy 
asar nomlarini eslab qolishga harakat qilishlari aytildi. Shundan so’ng o’quvchilarning 
o’zlari bu diktantni yozdirishni talab qila boshlaydilar. Ko`rinadiki, boshlang`ich sinf 
ona tili darslarida turli xil interfaol metodlari va texnika vositalaridan unumli 
foydalanish mumkin bo`ladi. Bularning barchasi darsning samaradorligini oshirishga 
xizmat qiladi 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin