Jamoada ishlay olish, umuminsoniy, milliy qadriyatlarni anglash va
madaniy qoidalarga rioya qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lsa;
bilim, ko‘nikma va malakalari yetarli bo‘lmasa,
kundalik faoliyatda
qo‘llay olmasa va turli vaziyatlarda qaror qabul qila olmasa.
Izoh: O‘qituvchi baholash mezoniga o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka vakompetentsiyalarning shakllanganlik
darajasi va ijtimoiy –psixofiziologik xususiyatlaridan kelib chiqib ijodiy yondashadi.
O‘quvchilarni baholash turlari
O‘quvchilarni baholashning hozirda keng tarqalgan test sinovlari, yozma
ishlar,
laboratoriya ishlari, amaliy ishlar va boshqa shakllari bilan birga quyidagi
ayrim shakl, usullardan foydalanish aynan o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim
jarayoni shakllariga mos keladi:
Suhbat. O‘quvchi bilan suhbat dialog va hamkorlik tamoyillariga asoslangan
bo‘lishi kerak. Bunda o‘quvchi rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari va aniq
vazifalari belgilanadi. O‘qituvchi tomonidan qo‘llab-quvvatlash
orqali
kamchiliklarni bartaraf qilish yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatib beriladi. O‘qituvchi suhbatni
oldindan rejalashtiradi va o‘quvchi bilan suhbatni olib borganda, boshqa o‘quvchilar
so‘zini bo‘lmasligi uchun oldindan kelishib olishi zarur. Har bir suhbat natijasini
sinf rahbari jurnaliga yozib borish maqsadga muvofiqdir. Suhbat natijasida
o‘qituvchi va o‘quvchi bir necha muhim bo‘lgan yo‘nalishlarni belgilashlari lozim.
Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha qisqa muddatli, erishib bo‘ladigan maqsadlar kelishib
olinadi va bu maqsadlarga erishishda yordam berishi mumkin bo‘lgan
mavjud
imkoniyatlarni muhokama qilib, belgilab olinadi.
Sinfdoshlar bilan baholash
.
O‘quvchilarni sinfdoshlar
tomonidan baholash
ko‘nikmalariga sinfdosh o‘quvchilarni o‘rgatib borish lozim. Yaxshisi, baholashni
kichik guruhlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda o‘qituvchi
o‘quvchilarning ma’lum bir aniq bajargan ishini baholaydi. Sinfda oldindan qoidalar
ishlab chiqilishi muhimdir. Ulardan asosiylari quyidagilar bo‘lishi kerak: barcha
ishtirokchilar bir-birlarini eshitishi kerak, do‘stlarining so‘zini bo‘lib bo‘lmaydi,
sabr-toqatli bo‘lishlari, fikrni ochiq bildirish, ijobiy yutuqlardan boshlash lozim (ular
3 tadan kam bo‘lmasliqi lozim), ishni yaxshilash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berish.
Barcha ishtirokchilarni eshitib bo‘lgandan so‘ng, ishi muhokama qilingan o‘quvchi
o‘z fikrini bildirishi mumkin.
O‘quvchi kundaligi. Uni tutish uchun o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida to‘liq
o‘zaro tushunish va ishonch bo‘lishi zarur. Kundalikda
aks ettirilishi mumkin
bo‘lgan shaxsiy yoki nozik mavzular bo‘yicha, o‘qituvchi qanday qilib ta’sir etishini
oldindan belgilab olishi lozim. O‘quvchilar o‘qituvchi kundalikdan bilgan narsalar
bo‘yicha bezovtalansalar, boshqa o‘quvchilarga maslahat bilan murojaat qilish
mumkinligini bilishlari kerak.
O‘z-o‘zini baholash. O‘quvchilar qo‘yilgan maqsadga erisha olishlari uchun
nimalar kerakligini
aniqlay bilishlari kerak, buning uchun ularni o‘z-o‘zini
baholashga o‘rgatish zarur. O‘z-o‘zini baholash o‘qituvchi bilan dialog olib borishga
asoslangan. O‘quvchilarni o‘z-o‘zlarini baholashga tayyorlaganda o‘qituvchi
quyidagi savollarni ishlatishi mumkin.
Siz ushbu topshiriqni yaxshi bajarish uchun nimalar qildingiz?
Qayerda xatolar bor?
Boshqa o‘quvchilarga qaysi bo‘limlarni tushuntirib berishingiz mumkin?
Ushbu masalalar bo‘yicha maktabdan tashqari qanday tajribangiz bor?
Ushbu mavzu bo‘yicha qanday qo‘shimcha ma’lumotlarni bilasiz? va
boshqalar.
Kuzatuv
- baholashning muhim usuli bo‘lib, u ta’lim olish jarayonini tahlil va
nazorat qilishga qaratilgan. Quyidagilarni talab etadi:
Faqat ishning natijasiga emas, balki o‘quvchilar qanday ish olib
borayotganligi bilan ham tanishib borish.
O‘quvchilarning fikrlarini eshitish va zarur xulosalar chiqarish.
Dostları ilə paylaş: