1.3. BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI KASBIY FAOLIYAGA TAYYORLASHDA
MUSTAQILISHLARNING O'RNI.
Mustaqillik - shaxs xarakterining xususiyatlaridan biri bo'lib, insonning
tafakkur tizimida, turli ko'rinishdagi faoliyat va xarakatlarida aks etadi.
Mustaqillik tushunchasi inson oldida turgan vazifalarni xal etish yo'llari va
vositalarini tanlashdagi mustaqillik to'g'risidagi tasawur bilan bog'liqdir.
Bilimlarni mustaqil tarzda egallashga intilish - o'quvchi faoliyatining o'quv
yurtidagi eng ajralib turadigan xususiyati, mustaqil o'qib bilim orttirish
asosi xisoblanadi.
O'quvchilarning mustaqillikni tarkib toptirish bo'yicha ta'limi kasbiy-
pedagogik faoliyatiga muvofiq mexnat natijasining samaradorligini
oshirishga yo'naltiriladi. Bunda o'qituvchi o'z mexnatining natijalarini taxlil
etib, o'z kasbiy pedagogik faoliyatini ifodalaydi.
Ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarning ko'proq pedagogik ongning nazariy
darajasini rivojlantirishga yo'naltirilganligi aksariyat xollarda ko'pincha,
talabalarning bilimlari yuzaki xususiyatga ega bo'lishiga olib keladi.
Pedagogik tajribalarni taxlil qilish pedagogik fikrlashning kreativ darajasi
mustaqil ta'lim olish natijasida yuzagaga kelganligini ko'rsatadi.
Nazariy jixatdan mustaqil ta'lim olishning texnologik asoslari bugungi
kunga qadar xam to'la rivojlanmagan. Shuningdek bu borada terminologik
chalkashliklarga tabora ko'proq yo'l qo'yilmoqda.