qiyalik masshtabi deb, uning eng katta qiyalik chizig’ining
darajalarga bo`lingan (intervali ko`rsatilgan) proyeksiyasiga aytiladi. Tekislikning
(I-I, II-II, III-III, IV-IV) gorizontallari jumladan gorizontal izi (P
H
) ga
perpendikulyar bo`lgan chiziqlari (AB va CD) ga uning
eng katta qiyalik chiziqlari deyiladi (1.33-shakl). I-I, II-II, III-III, IV-IV chiziqlar P tekislikning
balandliklari farqi 1 m ga teng bo`lgan gorizontal chiziqlari, 1-1, 2-2, 3-3, 4-4
chiziqlar esa shu gorizontal chiziqlarning proyeksiyalar bo`ladi. Balandliklarining
farqi bir birlikka teng bo`lgan yondosh gorizontallari orasidagi gorizontal masofa
(1-2, 2-3, 3-4) P tekislik ning
intervali deyiladi. Tekislik eng katta qiyalik
chizig’ining balandliklari farqi 1 m ga teng bo`lgan nuqtalari qayd qilingan
proyeksiyasi tekislikning
qiyalik masshtabi deyiladi va
P
i
shaklda belgilanadi.
Qiyalik masshtabni boshqa chiziqlardan farq qilish uchun biri ingichka ikkinchisi
yo`g’on o`zaro parallel chiziq bilan tasvirlanadi.
Shakldan ko`rinayaptiki, tekislikning intervali uning eng katta qiyalik
chizig’ining intervaliga teng. Tekislik gorizontallarining proyeksiyalari, qiyalik
masshtabiga perpendikulyar bo`ladi. Qiyalik masshtabini istalgan joydan o`tkazish
mumkin. Tekislik qiyalik masshtabi bilan berilganda misollarni Yechish ancha
oson kechadi. Shuning uchun son belgili proyeksiyalarda tekislik ko`pincha qiyalik
masshtabi bilan beriladi.
P tekislik bilan H tekislik orasidagi α burchak P tekislikning pasayish
burchagi deyiladi (1.34-shakl). Bu burchak tekislikning eng katta qiyalik chizig’i
AB bilan uning proyeksiyasi P
i
orasidagi burchakka teng (1.33-shakl).
Tekislikning son belgilarini o`sish tomoniga qarab turilganda
gorizontallarini o`ng tomonidagi yo`nalish