57
Yo`nalishni
ko`rsatuvchi
belgilar
yaxshi
ko`rinadigan
yaxshi
mahkamlangan bo`ladi. Bu belgilarga yo`l ko`rsatkichi – (2), kilometrni
ko`rsatuvchi ustun – (1) va hokazolar kiradi (2.4-shakl).
Tayanch punktlar va yo`nalishni ko`rsatuvchi belgilarni yasashni qayerdan
boshlash oldingi paragraf (2.3)da bayon qilingan.
2.4.3.Aholi punktlari
Shahar,
shahar tipidagi qishloq, posyolka,
qishloq va dachalar aholi
punktlari hisoblanadi.
Aholi punktlarini chizish bosh ko`chadan boshlanadi. Xarita (plan)
masshtabiga asosan ko`chani enini hisobga olgan holda ikkita chiziq bilan
chiziladi. So`ngra boshqa ko`chalar chiziladi. Oxirgi o`rinda
aholi punktlarining
tashqi konturi chiziladi. Jamoat binolari, tushuntirish yozuvlari
bilan tasvirlanadi
(maktab, klub va shunga o`xshash). 2.5- shaklda qishloq aholi punkti plani
1:10000 masshtabda chizilgan.
1:10000 masshtabda xarita va planlarda o`tga chidamli turar joy (aholi
yashaydigan ) binolarining konturini ichi qora tush bilan bo`yaladi,
turar joymas
(aholi yashamaydigan) binolarining konturini ichi esa to`r shaklida shtrixovka
qilinadi. O`tga chidamsiz turar joy binolarida esa parallel qiya chiziqlar chiziladi.
Turar joymas binolarda shtrixovka chizilmaydi (konturining
ichi oqligicha
qoldiriladi).
Bino yo`lning yaqinida joylashgan bo`lsa, uning shartli belgisi bilan
yo`lning shartli belgisi orasidagi masofa 0,2 mmdan kam bo`lmasligi kerak. Bino
yo`lning yoqasida bo`lsa, u paytda shartli belgi temir yo`l, asfalt va beton yo`l
hamda yaxshilangan tuproq yo`lning shartli belgisiga birlashtirib chiziladi. Temir
yo`l bilan inshootlar (sport saroylari, to`g’on, xo`jalik binolari va b.) ning belgilari
orasidagi masofa 0,2 mm va undan ortiq bo`lishi kerak.
Chiziqli shartli belgilarga chiziqli xarakterga ega bo`lgan ob`ektlar kiradi,
qaysiki ularning uzunligi masshtab bilan ko`rsatiladi (temir va aftomobil
yo`llari,daryolar, ariqlar va b.). Bunda masshtabli shartli
belgilarda tasvirlaganda
bu ob`ektlarning har birini yozuvli izohlashga to`g’ri keladi.
Dostları ilə paylaş: