Yodgorov, Nodir Djalolovich



Yüklə 20,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/53
tarix19.10.2023
ölçüsü20,21 Mb.
#157053
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
topografik chizmachilik yodgorov (1)

Misollar 
1. Planda gorizontallari bilan tasvirlangan topografik sirt va u yerda qurish 
kerak bo`lgan damba konturi (chegarasi) ko`rsatilgan (1.83-shakl). Damba


50 


51 
balandligi 75 m va uning chap yon bag’irining qiyaligi ί
1
=1:2, o`ng yon bag’irining 
qiyaligi ί
2
=1:3 bo`lganda topografik sirt bilan damba yon bag’irining kesishish 
chizig’ini hamda damba yasash uchun eng ko`pi bilan necha metr balandlikda 
tuproq to`kilishi kerakligi aniqlansin. 
2. Planda topografik sirt gorizontallari bilan va bu sirt orqali o`tgan suv 
quvuri (truboprovod) ning A nuqtasi, ko`tarilish yo`nalishi va qiyaligi berilgan 
(1.84-shakl). Suv quvuri qaysi joyda yer ustidan o`tganligi aniqlansin. 
3.Topografik sirtda ko`rsatilgan kontur bo`yicha, berilgan qiyalikda yer 
qurilishi ishlarini bajarishda tuproq olinib past qilingan joylar va tuproq to`kib 
baland qilingan joylar chegaralari aniqlansin (1.85-shakl). 
4. Planda gorizontallari bilan tasvirlangan topografik sirt va unda qurilishi 
kerak bo`lgan gorizontal maydoncha hamda maydonchaga kirish qiya yo`lining 
konturi berilgan (1.86-shakl). Gorizontal maydoncha va qiya yo`l yon bag’irlarini 
o`zaro va yer sirti bilan kesishish chizig’i yasalsin.
 
Takrorlash uchun savollar 
1.
Qanday proyeksiyaga son belgili proyeksiya deb aytiladi? 
2.
Qanday chizmaga plan deyiladi? 
3.
To`g’ri chiziqning qo`ymasi deb nimaga aytiladi? 
4.
To`g’ri chiziqning intervali deb nimaga aytiladi? 
5.
To`g’ri chiziqning qiyaligi deb nimaga aytiladi? 
6.
O`zaro parallel to`g’ri chiziqlar planda qanday tasvirlanadi? 
7.
O`zaro kesishgan ikki to`g’ri chiziq planda qanday tasvirlanadi? 
8.
Tekislikning qiyalik masshtabi deb nimaga aytiladi? 
9.
Tekislikning qanday burchagiga uning pasayish burchagi deyiladi? 
10.
Tekislikning yoyilish burchagi deb qanday burchakka aytiladi? 
11.
O`zaro parallel tekisliklar planda qanday tasvirlanadi? 
12.
O`zaro kesishgan tekisliklar planda qanday tasvirlanadi? 
13.
To`g’ri chiziq bilan tekislikning kesishish nuqtasini topishda qanday 
usullardan foydalaniladi? 
14.
Ko`pyoqlik va sirtlar planda qanday usullar bilan beriladi? 
15.
Qiya yo`l gorizontallarining son belgili proyeksiyasini yasashda qaysi sirt 
gorizontallarining son belgili proyeksiyasidan foydalaniladi? 
16.
Planda ko`pyoqlik va sirtlarning tekislik bilan kesishish chizig’ini 
yasashda qanday usullardan foydalaniladi? 
17.
Topografik sirtning profili deb nimaga aytiladi? 
18.
Ko`pyoqlik va sirt bilan to`g’ri chiziqning kesishish nuqtalarini aniqlashda 
qanday usullardan foydalaniladi? 
19.
Planda qiya yo`l va gorizontal maydoncha yon bag’irlarining o`zaro 
kesishish chizig’i qanday yasaladi? 
20.
Planda qiya yo`l va gorizontal maydoncha yon bag’irlari bilan topografik 
sirtning kesishish chizig’i qanday yasaladi? 

Yüklə 20,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin