Misollar 1. Asosi proyeksiya tekisligida joylashgan va balandligi 6 m bo`lgan to`g’ri
doiraviy konus bilan AB to`g’ri chiziqning son belgili proyeksiyasi berilgan (1.75-
shakl). Konus bilan AB to`g’ri chiziqning kesishish nuqtalari son belgili
proyeksiyasi topilsin.
2. Asosi proyeksiya tekisligida joylashgan va balandligi 6 m bo`lgan og’ma
parallelopiped bilan MN to`g’ri chiziqning son belgili proyeksiyasi berilgan (1.76-
shakl). Parallelepiped bilan to`g’ri chiziqning kesishish nuqtalari son belgili
proyeksiyasi aniqlansin.
3. Planda topografik sirt (tepalik) bilan AB to`g’ri chiziq berilgan (1.77-
shakl). Topografik sirt bilan AB to`g’ri chiziqning kesishish nuqtalari topilsin.
47
4. AB to`g’ri chiziq va topografik sirt gorizontallarining son belgili
proyeksiyasi berilgan (1.78-shakl). Topografik sirt bilan AB to`g’ri chiziqning
kesishish nuqtalarining son belgili proyeksiyasi aniqlansin.
1.12-§. Maydoncha hamda apparel yon bag’irlarining o`zaro va topografik sirt bilan kesishishi Son belgili proyeksiyalar asosida loyihaga mos ravishda quriladigan bino
uchun ajratilgan yer maydonida tashkiliy ishlar bajariladi va obodonlashtirish
bo`yicha turli masalalar yechiladi. Qurilish maydonini tayyorlashda yer ishlari
chegaralarini aniqlash ko`p uchraydigan masalalardan hisoblanadi. Bunday
hollarda loyiha bo`yicha tuproq olinib past qilinadigan va tuproq to`kib baland
qilinadigan joylar hamda ularning qiya yon bag’irlarining kesishish chiziqlari va
bu yon bag’irlar bilan topografik sirtning kesishish chiziqlari tasvirlanadi.
Planda gorizontallari bilan tasvirlangan topografik sirt va unda qurilishi
kerak bo`lgan gorizontal maydoncha hamda maydonchani old tomonidan o`tgan
48
apparelning konturi berilgan (1.79-shakl). Maydoncha qurish uchun tuproq olinib
past qilinadigan (o`ng) qismi yon bag’irining qiyaligi ί
1
=1:1,tuproq to`kib baland
qilinadigan (chap) qismi yon bag’irining qiyaligi ί
2
=1:1,5 va yo`lning qiyaligi
49
ί
3
=1:6 bo`lganda gorizontal maydoncha va qiya yo`l yon bag’irlarining o`zaro va
topografik sirt bilan kesishish chizig’i yasalsin.
Bu misolni yechish ikki bosqichda amalga oshiriladi: