1-bosqich . Yon bag’irlarning gorizontallari chiziladi va ularning o`zaro
kesishish chizig’i yasaladi (1.80-shakl). Yon bag’irlarning gorizontallarini chizish
uchun ularning intervali aniqlanadi. a
10
b
10
chiziqdan o`ng tomondagi yon
bag’irlarning intervali ℓ
1
=1/ί
1
=1m chap tomonining intervali ℓ
2
=1/ί
2
=1,5 m. 1.61–
shakldagi misolga o`xshash yon bag’irlarning son belgilari bir xil bo`lgan
gorizontallarining kesishish nuqtalarini to`g’ri chiziq bilan tutashtirib, yon
bag’irlarning o`zaro kesishish chizig’i hosil qilingan.
2-bosqich . Topografik sirt bilan yon bag’irlarning kesishish chizig’i
yasaladi (1.81-shakl). Topografik sirt va yon bag’irlarning son belgilari bir xil
bo`lgan gorizontallarining kesishish nuqtalari aniqlanadi. So`ngra aniqlangan
nuqtalar ketma-ket tutashtirib chiqiladi. Masalan,c
8
nuqta topografik sirtning son
belgisi 8 bo`lgan gorizontal chizig’i bilan yon bag’irning son belgisi 8 gorizontal
chizig’ining o`zaro kesishishidan hosil bo`lgan; yon bag’irlarning kesishish
chizig’ida joylashgan f
7,3
va d
8,4
nuqtalarni topish uchun topografik sirtning son
belgisi 9 gorizontal chizig’i bilan yon bag’irning son belgisi 9 gorizontal
chizig’ining davomi bilan kesishgan nuqta (e
9
) va topografik sirtning son belgisi 7
gorizontal chizig’i bilan yon bag’irning son belgisi 7 gorizontal chizig’ining
davomi bilan kesishgan nuqtasi (k
7
) dan foydalanilgan ya`ni k
7
c
8
va e
9
nuqtalar
tutashtirilgan va hosil bo`lgan chiziq bilan yon bag’irlarning o`zaro kesishish
chiziqlari kesishib f
7,3
va d
8,4
nuqtalarni hosil qilgan.
Tasvirning yaqqolligini oshirish maqsadida yon bag’irlar bergshtrixlar bilan
ajratib ko`rsatilgan. Berg shtrix yon bag’irning yuqori chegara chizig’idan pastki
chegara chizig’i tomon gorizontallarga perpendikulyar chizilib, almashib turuvchi
uzun ingichka va kalta yo`g’on shtrixlardan iborat. Shrixlarning yo`nalishi qiyalik
yo`nalishini ko`rsatadi. Uzun chiziqning yo`g’onligi 0,1- 0,2 mm (2T qalam bilan
chiziladi), kalta chiziqning yo`g’onligi 0,8 mm (M yumshoq qalam bilan chiziladi),
ular orasidagi masofa 1-1,5 mm bo`lishi kerak.
I
- I qirqimni yasash uchun gorizontal chiziq va uning chap tomoniga vertikal
chiziq chizilgan (1.82–shakl). Gorizontal chiziq I tekislik izi bilan topografik sirt
gorizontallarining proyeksiyasini kesishgan nuqtalari orasidagi masofalarga teng
kesmalar bilan darajalarga bo`lingan. Vertikal chiziq chiziqli masshtab birligiga
teng kesmalar bilan darajalarga bo`lingan. Gorizontal chiziqning darajalarga
bo`lingan nuqtalardan vertikal chiziqlar chiqarib, ularning ustiga topografik sirt
mos gorizontallarining balandligini o`lchab qo`yib 6,7,8,...,13 nuqtalar hosil
qilingan. Hosil bo`lgan nuqtalarini egri chiziq bilan tutashtirib topografik sirt
profili yasalgan. So`ngra gorizontal maydoncha va yon bag’irlarning qirqimi
yasalgan. Tuproq olinib past qilingan joy shrixovka qilingan, tuproq to`kilib baland
qilingan joy nuqtalar qo`yish yo`li bilan tasvirlangan.