4.2-jadval
91
4.2-jadval davomi
92
3- GRAFIK ISH
Grafik ish shartlari
1.
Maydoncha atrofidagi qiya tekislik va sirtlarning o`zaro kesishish
chizig’i va shu sirtlarning tabiiy yer (topografik sirt) bilan kesishish (ish chegarasi)
chizig’i aniqlansin.
2.
A – A kesim bajarilsin.
Grafik ishni bajarishga oid ko`rsatmalar
Misol.
Topografik sirt planda gorizontallari bilan berilgan. Qurilishi kerak
bo`lgan maydoncha va yo`l atrofidagi qiya tekislik va sirtlarning o`zaro kesishuv
chizig’ini hamda sirtlarning tabiiy yer bilan kesishish chizig’i aniqlansin va A-A
kesim bajarilsin (4.7-shakl, c)
Yechish.
Berilgan: topografik sirt va unda maydoncha hamda maydonchaga
chiqadigan yo`l konturi (4.7–shakl, c); topografik sirt balandligi 24 m dan 36 m
gacha; maydoncha balandligi 30 m; yo`lning qiyaligi i
y
=1:3; qaziladigan yer
sirtining (qazimaning) qiyaligi i
q
=1:1; tuproq bilan ko`tarilgan qismining
(ko`tarmaning) qiyaligi i
k
=3:2.
Misol quyidagi tartibda bajariladi:
1.
Chiziqli masshtab yordamida qiyaliklar uchun mos bo`lgan intervallar
aniqlanadi va maydoncha uchun ariqcha qazilib, maydoncha va qiya yo`l yon
bag’irlarining gorizontallari chiziladi.
2.
Yon bag’irlarning o`zaro kesishish chizig’i yasaladi.
3.
Yon bag’irlarning topografik sirt bilan kesishish chizig’i topiladi.
Maydoncha va qiya yo`l bilan topografik sirtning profili (A-A kesimi) chiziladi.
Misolni yuqoridagi tartibda bajarish uchun topshiriqning berilishi (4.7-
shakl,c) ni ko`chiramiz. Buning uchun avval shakl ramkasining tomonlari (Oz va
ZV) ni ixtiyoriy uzunlikdagi teng qismlarga bo`lib chiqamiz va ularni
O,A,B,V,G,D,E,J,Z hamda Z,I,II,III,IV,V lar bilan belgilaymiz. A,B,V,G,D,E,J
nuqtalardan gorizontal, I,II,III,IV nuqtalardan vertikal chiziqlar o`tkaziladi.
So`ngra hosil bo`lgan to`r yordamida topshiriqni ko`chiramiz (4.8–shakl,c) (4.7–
shakl, c da topshiriqni berilishini tushunib olishda qiyinchilik tug’ilmasligi uchun
to`r chizilmagan). Misolni to`rt bosqichda echib ko`rsatamiz.
Birinchi bosqich
. Chiziqli masshtab yordamida katakli jadval chizib (4.8–
shakl,b), unga qiyaliklar (i) ni 4.8–shakl,a dan olib joylashtiramiz. Masalan, i
k
=3:2
ko`tarmada 3- ko`tarilish, 2-qo`yma bo`lib, ularni X,Z o`qlarga mos ravishda
qo`yib, E nuqta topilgan. OE – ko`tarmaning qiyaligi (i
k
) bo`ladi. Ko`tarma
qiyaligining z=1 bo`lgandagi nuqtasi E
1
dan OZ o`qgacha bo`lgan masofa (ℓ
k
=1
E
1
) ko`tarma yon bag’iri sirtining intervali bo`ladi. Shu usul bilan qazima va qiya
yo`l yon bag’irlari sirtining intervallari (ℓ
q
va ℓ
y
) ham aniqlanadi. Bu bosqichda 30
m dan 36 m gacha balandlikdagi qismdan maydonchaga tuproq to`kilmasligi va
yog’in-sochin suvlari oqib ketmasligi uchun qazilgan ariqcha ham tasvirlanadi.
Ariqchaning enini 60 smdan 1 m gacha olish mumkin. Bu misolda ariqchaning eni
qazima intervaliga teng qilib olingan (1
0
c
0
a
0
b
0
4
0
2
0
, 1cabd2).
93
Maydoncha yon bag’irlari 3
0
c
0
qismining eng katta qiyalik chizig’i (Q') ni,
c
0
a
0
qismining eng katta qiyalik chizig’i (T') ni a
0
b
0
qismining eng katta qiyalik
chizig’i (K') ni, b
0
4
0
qismining eng katta qiyalik chizig’i (P') ni, 5
0
f qismining eng
katta qiyalik chizig’i (N') ni fn qismining eng katta qiyalik chizig’i (w') ni, me
qismining eng katta qiyalik chizig’i (v') ni e3
0
qismining eng katta qiyalik chizig’i
(M') ni chizamiz (4.8-shakl, c).
Ikkinchi bosqich
. Dastlab maydoncha yon bag’iri qismlarining intervali
aniqlanib (ℓ
q
=1/ί
q
=1, ℓ
k
=1/ ί
k
=2/3, ℓ
y
=1/ί
y
=3) grafik yo`l bilan 4.9-shakl,b dan
94
aniqlanadi), eng katta qiyalik chiziqlarini tegishli intervallarga teng kesmalar bilan
darajalarga bo`lib, qiyalik masshtablari (Q
ί
,T
ί
,K
ί
,P
ί
,N
ί
,W
ί
,V
ί
,M
ί
) hosil qilingan
(4.9-shakl, c).
1.9-§ ga asosan m va n nuqtalardan radiusi qiya yo`l ko`tarma yon
bag’irining intervali (ℓ
k
) ga teng aylanalar chizib, bu aylanalarga qiya yo`l
konturining son belgisi 29 nuqtalaridan urinma to`g’ri chiziqlar o`tkaziladi. Bu
chiziqlarga yo`l konturining son belgisi 29 bo`lgan nuqtalaridan perpendikulyar
to`g’ri chiziqlar o`tkazilgan. O`tkazilgan perpendikulyar chiziqlar uzunligi ℓ
k
ga
95
teng kesma bilan darajalarga bo`linib, qiya yo`l yon bag’irlarining qiyalik
masshtabi β
ί
va α
ί
yasalgan (4.9-shakl, c).
So`ngra maydoncha yon bag’iri qismlarining va qiya yo`l yon bag’irlarining
qiyalik masshtabidan foydalanib ularning gorizontallari chizilgan. Ularning bir xil
son belgili gorizontallari o`zaro kesishib, maydoncha va qiya yo`l yon
bag’irlarining o`zaro kesishish chiziqlari (QT, KT,KP,PC,Nw, βw,vα,Mv) ni hosil
qilgan (4.9-shakl, c).
Uchinchi bosqich
. Bu bosqichda maydoncha va qiya yo`l yon bag’irlarining
topografik sirt bilan kesishish chizig’i aniqlanadi (4.10-shakl, c). Buning uchun
96
maydoncha va qiya yo`l yon bag’irlarining bir xil son belgili gorizontallari bilan
topografik sirtning shu xil son belgili gorizontallarining kesishish nuqtalari
(O,I,II,III,IV; V,VI,VII,2
0
; 2,VIII,IX,X,XI,f
1
;…) aniqlanib, ular ketma-ket
tutashtirib chiqiladi. Hosil bo`lgan 1 nuqtadan hosil bo`lgan t nuqtagacha va 2
nuqtadan q nuqtagacha bo`lgan egri chiziqlar maydoncha va qiya yo`lni qurish
uchun tuproq to`kib ko`tarilgan qismi yon bag’irlarining topografik sirt bilan
kesishish chiziqlari; 0 nuqtadan ℓ nuqtagacha va 2
o
nuqtadan c nuqtagacha bo`lgan
96egri chiziqlar maydoncha qurish uchun tuproq olinib (qazib) pasaytirilgan qismi
yon bag’irining topografik sirt bilan kesishish chiziqlaridir.
97
Maydonning tuproq to`kilib ko`tarilgan va tuproq olinib pasaytirilgan
qismlarini yaxshiroq tushunish maqsadida ular bergshtrixlar bilan ajratib
ko`rsatilgan. Bergshrix yon bag’irining yuqori chegara chizig’idan pastki chegara
chizig’i tomon gorizontallarga perpendikulyar chizilgan almashib turuvchi uzun
98
ingichka va kalta yo`g’on shtrixlardan iborat. Uzun ingichka chiziq, kalta yo`g’on
chiziqdan ikki marta uzun bo`lib, uzun chiziqning yo`g’onligi 0,1-0,2 mm (qattiq
qalam 2T bilan chiziladi), kalta chiziqning yo`g’onligi 0,8 mm (yumshoq qalam M
bilan chiziladi). Ular orasidagi masofa 1-1,5 mm bo`lishi kerak.
To`rtinchi bosqich
. Bu bosqichda berilgan topografik sirt, maydoncha va
qiya yo`lning A-A kesimi (4.11-shakl) bajariladi (4.12-shakl). Buning uchun OXZ
sistema olinadi. OZ o`qiga chiziqli masshtabdan foydalanib balandliklar, OX
o`qqa A-A chiziq bo`yicha masofalar o`lchab qo`yiladi. Kesimni yasash I'
nuqtadan boshlanadi. I nuqtaning balandligi 28 m, II nuqtaning balandligi 30 m ga
teng. I'II' chiziq qiya yo`lning kesimi. III va IV nuqtalarning balandligi ham 30 m.
II'III' to`g’ri chiziq maydonchaning kesimi, V nuqtaning balandligi 33 m ga teng.
IV'V' chiziq maydonchaning tuproq olinib pasaytirilgan qismi yon bag’irining
kesimi bo`ladi.
Bu grafik ish rangli qalam yoki tushda bajarilgan hollarda maydoncha
chegarasi asosiy tutash chiziq bilan va topografik sirt gorizontallari ingichka tutash
chiziq bilan qora rangda, yon bag’ir gorizontallari ingichka tutash chiziq bilan yon
bag’irlarning o`zaro kesishish chiziqlari asosiy tutash chiziq bilan ko`k rangda,
jumladan, qiyalik masshtabi ham ko`k rangda, yon bag’irlarning topografik sirt
bilan kesishish chizig’i asosiy tutash chiziq bilan qizil rangda chizilsa, chizmani
o`qish ancha oson bo`ladi.
Bu grafik ishga tegishli variantlar 4.3-jadvalda berilgan.
Dostları ilə paylaş: |