Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


“Kompyuter grafikasi” to’g’risida umumiy tushuncha



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/52
tarix19.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#157175
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari

“Kompyuter grafikasi” to’g’risida umumiy tushuncha.
Kompyuter grafikasi 
jaxonda yangi fundamental fan hisoblanib o’tgan asrning 90 – chi yillarida paydo 
bo’ldi hamda fan va ishlab chiqarishning barcha sohasida kadrlar tayyorlab berishda 
o’ziga xos mustaqil ahamiyatga egadir. Maxsus dasturlar yordamida xuddi bir varaq 
oq qog’ozga qalam yoki ruchka bilan har xil rasmlarni solish singari kompyuter 
ekranida sichkoncha yordamida rasm chizish, ya`ni tasvir tuzish, tuzatish va ularni 
harakatlantirish imkonini yaratdi. Bu dasturlar rasm solish programmalari yoki 
grafik redaktorlar hisoblanib, ular yordamida rasmning elementlari boshqarib 
boriladi. Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va uning texnikaviy va 
dasturiy 
vositalarining 
yangilanib 
turilishi 
ushbu 
kursni 
hamisha 
takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yo’nalishlarni tinmay o’rganib borishni 
taqozo etadi. Oxirgi yillarda bu sohada juda katta o’zgarishlar (siljishlar) yuz berdi, 
ya`ni 16 mln.dan ortiq rang va rang turlarini (ottenok) o’zida aks ettira oladigan 
displeylar, grafik axborotlarni (paper part) kirituvchi moslama - skanerlar, grafik ish 


44 
stantsiyalari; dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini kashf qila 
oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi. «Kompyuter grafikasi» informatika 
sohasida o’rganiladigan ko’pgina fanlar o’quv rejalarining ajralmas qismi bo’lib 
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda kompyuter grafikasi quyidagi kurslarning tarkibiy qismi 
hisoblanadi: 
“Informatika va hisoblash texnikasi” «Informatika va dasturlash» “Kompyuter 
informatsion sistemalari” “Moddiy resurslarning kompyuter informatsion 
sistemalari (marketing)” ADP (amaliy dasturlar paketi) Internet asoslari va E-mail 
(elektron pochta) “Kompyuter tarmoqlari” va boshqalar. Berilgan ma`lumotlarni 
tahlil qilishda, olingan natijalarni ko’rimli qilib ko’rsatishda va taqdimot 
(prezentatsiya) uchun materiallar tayyorlashda, tasvirlarni qayta ishlashda, yangi 
murakkab kompozitsiyalar yaratishda zamonaviy kompyuter grafikasi keng 
qo’llaniladi. Yuqoridagi sohalar bo’yicha bilim olish va amaliyotda tatbiq qilishda 
“Kompyuter grafikasi” qo’l keladi.
Grafikni tuzish va uni tushunish uchun grafika elementlari ma`nosi va ularni 
turli holatlarda qo’shilishini o’rganish zarur. Grafik yordamida tayyorlanadigan 
voqeliklarni to’g’ri tushunish uni tashkil etuvchi hamma elementlarini to’plami 
mavjud bo’lgandagina mumkin.
Tasvirlashning grafik usuli yoki grafik til - bu fikrni ifodalashning fazoviy 
tasvirlash, yoki qandaydir tekislikda shartli ravishda aks ettirish usullarining 
to’plamidir. Grafik tasvirlashning namunalari - geometrik kartalar, iqtisodiy 
analizning diagrammalar tizimi, korxonlarning struktura sxemalari va boshqalar. 
Qandaydir fikrlar to’plamini ifodalovchi chizmalarni tuzish jarayoni grafiklashtirish 
deyiladi, uning natijasi esa - grafika deyiladi. Grafik shartli ravishda voqelikni yoki 
qandaydir jarayonni tasvirlaydi. Grafikada qo’llaniladigan hamma belgilar - bu 
g’oyalar belgisi, grafikni o’zi yaxlit holatda g’oyalar to’plamini ifodalashdir. 
Grafikada ikki xil element ajralib turadi: grafik qiyofa va ekslikatsiya. Grafik 
qiyofa - bu chizmalar to’plami bo’lib, o’zaro bog’lanishlari bilan birgalikda 
tushuniladi. Eksplikatsiya - grafik obrazning ma`nosini ochib beradigan 


45 
ma`lumotlar to’plami. Grafik obraz simvollik yoki geometrik shaklda bo’lishi 
mumkin. 
Shartli belgilar yordamida tuzilgan, ma`nosi uning geometrik shakliga 
bog’lanmagan bo’lib, sharoitga bog’liq holda tushuniladigan obrazlar simvolik 
obrazlarga tegishlidir. Shartli belgilar qandaydir tushunchalar (simvollar) bilan 
puxta bog’langan bo’lishi, aniq bir oblast belgilar to’plami esa simvolikalar bilan 
ifodalanishi mumkin. 
Simvolik ko’rinishdagi ikki ulchovli grafik obrazlar grafikani tashkil etadi. 
Geometrik ma`noga ega bo’lgan, shu shaklda biror tenglamani yoki tengsizlikni 
ifodalovchi obraz 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin