39
Xozirgi kunda eng kup ishlatiladigan MB, bu relyatsion MB (RMB) dir.
Shuning uchun biz RMB tushunchalarini bayon kilamiz.
RMB ning asosiy tushunchalari jadval, atribut, yozuv, kalitlar, bog’lanishlar
va ma’lumotlar tipi hisoblanadi.
Jadvallarda ustunlar maydonlar yoki atributlar, satrlar yozuvlar deb ataladi.
Atributlar MB ning tuzilmasini, yozuvlar esa, unda joylashgan ma’lumotlarni tashkil
etadi.
Atribut (ustun)
Jadvaldagi ma’lumotlar manzili satr va ustunlar kesishmasi bilan aniqlanadi.
Atribut – jadval ustunlari.
Yozuv – atributlar yig’indisi yoki jadval satri.
Jadval yacheykasi – atribut va yozuv kesishmasi.
Relyatsion modelda MB bo’yicha har bir jadval takrorlanmas nomga ega
bo’ladi. Jadvallarga esa birqancha talablar qo’yiladi:
o
jadval yacheykasi qiymati tuzilma bo’yicha bo’linmasdir.
Har bir
yacheyka qiymatlarning faqat bir qismini olishi mumkin. Bu xossa ko’pincha
ma’lumotning bo’linmaslik printsipi ham deyiladi;
o
bir atribut (ustun) qiymatlari bir tipga ega;
o
har bir yozuv (qator, satr) takrorlanmasdir;
o
atributlar (ustunlar) ixtiyoriy tartibda
joylashtiriladi;
o
yozuvlar (qatorlar, satrlar) jadvalga ixtiyoriy tartibda joylashtiriladi;
o
atributlar (ustunlar) takrorlanmas nomga ega.
Jadvalning tuzilishi ustunlarning yig’indisi bilan belgilanadi. Jadvalning har
bir satrida tegishli ustunga mos keluvchi bittadan mazmun joylashgan bo’lib, unda
ikkita bir xil satr bo’lishi mumkin emas. Ustunlar soni chegaralangan bo’lsada,
satrlarning umumiy soni chegaralanmagan. Jadvalda ustun va satrlarning joylashish
tartibi ahamiyatga ega emas.
Yozuv(qator)
40
Yozuvlarning yagonaligini ta’minlash uchun jadvalning bir yoki bir necha
maydonlaridan iborat bo’lgan kalitlardan foydalaniladi. MB ga qo’yiladigan
talablardan biri katta hajmdagi axborotlar ichidan yozuvlarni tezroq topish
imkoniyatidir. Kalitli maydonlar bu ishni bajarishni tezlashtirishga imkon beradi.
Relyatsion MB da birlamchi (dastlabki) va ikkilamchi kalitlar mavjud bo’ladi.
Birlamchi kalit - jadvalda takrorlanmas va bo’sh bo’lmagan qiymatga
yozuvlarni bir qiymatli akslantiruvchi atribut yoki atributlar to’plamidir.
Xulosa qilib aytganda:
MB o’zaro bog’langan jadvallardan tashkil topadi.
Jadval nomga ega bo’lib, nom bir MB doirasida takrorlanmasdir.
Jadvalning har bir atributi qabul qiladigan ma’lumotlariga
mos ravishdagi
nomga ega bo’ladi. Har bir jadval doirasida nom takrorlanmasdir. Har bir atribut
tipga ega va faqat shu tipga tegishli bo’lgan qiymatlarni qabul qiladi. Har bir atribut
axborotning alohida, bo’linmas birligi sifatidagi qiymatni qabul qilishi lozim.
Jadvalda atributlar soni cheklangan bo’ladi.
O’zaro mantiqan bog’langan atributlar yig’indisi yozuvni tashkil qiladi.
Yozuvning tuzilishi uning tarkibiga kiruvchi, har biri oddiy ma’lumotga ega
atributlar ketma-ketligi bilan belgilanadi. Yozuv nomga va tipga ega emas. Jadvalda
yozuvlar soni mantiqan chegaralanmagan.
Jadval satrini ifodalovchi ma’noga ega bo’lgan atribut yoki atributlar to’plami
jadval kaliti deyiladi. Jadvallarda asosan birlamchi va ikkilamchi kalitlar bo’ladi.
Jadval kaliti qiymati jadval ichida takrorlanmasa va bo’sh bo’lmasa, u
birlamchi kalit deyiladi. Har bir jadval o’z birlamchi kalitiga ega bo’lishi zarur.
Birlamchi kalit bevosita jadval atributlaridan olinsa tabiiy, agar qo’shimcha
atribut sifatida kiritilsa sun’iy deyiladi.
Agar birlamchi kalit bir atributdan iborat bo’lsa oddiy, bir necha atributlar
birlashmasidan iborat bo’lsa murakkab deyiladi.
Jadval kaliti qiymati jadval ichida takrorlansa va boshqa bir jadval bilan
bog’lanishni
tashkil qilsa, u ikkilamchi kalit deyiladi. Agar birlamchi kalitning
qiymatiga ko’ra faqat bitta yozuv nusxasi topilsa, ikkilamchi kalit bo’yicha bir necha
41
nusxa topilishi mumkin. Bir jadvalda bir nechta ikkilamchi kalit bo’lishi yoki u
ikkilamchi kalitga ega bo’lmasligi mumkin. Ikkilamchi kalit bo’sh qiymat qabul
qilishi mumkin.
3.1-misol. Ta’lim muassasida o’qiydigan biror guruh talabalari to’g’risidagi
ma’lumotlar bitilgan jadvalni ko’raylik:
№
Familiyasi
Ismi
Tug’il.sanasi Guruhi
Turar joyi
Telefoni
1 Ochilov
Alisher
2.05.1978
5-M
A.Somiy,4
2 Qobulov
Farhod
2.12.1982
6-E
I.Sino,1
3
Aminov
San’at
3.6.1980
5-M
6 mkr-2,12
4 Tolipov
Jasur
24.5.1979
6-E
Beruniy,2
Bu misolda 4 ta yozuv bo’lib, ularning har biri 6 ta maydondan iborat. Mazkur
maydonlarning har biri mos ravishda «Familiyasi», «Ismi», «Tug’ilgan sanasi»,
«Guruhi», «Turar joyi» va «Telefoni» deb nomlangan. Jadvalda har bir yozuv
o’zining bosh kalitiga ega bo’lishi lozim. Bizning misolimizda bosh kalit tartib
raqamidir.
Dostları ilə paylaş: