Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


Ma’lumotlarning relyatsion modellari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/52
tarix19.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#157175
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari

Ma’lumotlarning relyatsion modellari. 
Ierarxik va tarmoqli modellarning 
kamchiliklarini bartaraf etish ustida izlanishlar olib borildi. Natijada, 1970 yil IBM 
firmasining xodimi E.F. Kodd tomonidan munosabatlarning matematik nazariyasi 
asosida relyatsion model g’oyasi ishlab chiqildi va u hozirgi paytda eng ko’p 
tarqalgan model hisoblanadi.
Relyatsion
(lotin tilidagi relatio-munosabat so’zidan olingan) modelda 
ma’lumotlarni saqlash, uni tashkil etuvchi qismlari orasidagi munosabatlarga 
asoslangan. Ma’lumotlarning jadval ko’rinishida berilishi ma’lumotlarning 
relyatsion modeli deyiladi. Ma’lumotlarning relyatsion modeli oddiy ikki o’lchamli 
jadval – munosobat (model ob’ektlari) larning yig’indisidir. Relyatsion modeldagi 
relyatsion 
bog’langan 
jadvallar 
orasidagi 
mantiqiy 
aloqalar 
jadval 
munosobatlarining bir xil o’ziga xos xususiyatlarining mazmun jihatidan tengligiga 
ko’ra o’rnatiladi. Ma’lumotlarning relyatsion modeli oddiy ikki o’lchovli jadval-
munosabat (model ob’ektlari)ning umumlashtirilishi natijasida mantiqiy yagona 
muhit hosil qilinadi. 
Ma’lumotlar bazasining asosiy ob’ektlari 


39 
Xozirgi kunda eng kup ishlatiladigan MB, bu relyatsion MB (RMB) dir. 
Shuning uchun biz RMB tushunchalarini bayon kilamiz. 
RMB ning asosiy tushunchalari jadval, atribut, yozuv, kalitlar, bog’lanishlar 
va ma’lumotlar tipi hisoblanadi.
Jadvallarda ustunlar maydonlar yoki atributlar, satrlar yozuvlar deb ataladi. 
Atributlar MB ning tuzilmasini, yozuvlar esa, unda joylashgan ma’lumotlarni tashkil 
etadi. 
Atribut (ustun) 
Jadvaldagi ma’lumotlar manzili satr va ustunlar kesishmasi bilan aniqlanadi. 
Atribut – jadval ustunlari. 
Yozuv – atributlar yig’indisi yoki jadval satri. 
Jadval yacheykasi – atribut va yozuv kesishmasi.
Relyatsion modelda MB bo’yicha har bir jadval takrorlanmas nomga ega 
bo’ladi. Jadvallarga esa birqancha talablar qo’yiladi: 
o
jadval yacheykasi qiymati tuzilma bo’yicha bo’linmasdir. Har bir 
yacheyka qiymatlarning faqat bir qismini olishi mumkin. Bu xossa ko’pincha 
ma’lumotning bo’linmaslik printsipi ham deyiladi; 
o
bir atribut (ustun) qiymatlari bir tipga ega; 
o
har bir yozuv (qator, satr) takrorlanmasdir; 
o
atributlar (ustunlar) ixtiyoriy tartibda joylashtiriladi; 
o
yozuvlar (qatorlar, satrlar) jadvalga ixtiyoriy tartibda joylashtiriladi; 
o
atributlar (ustunlar) takrorlanmas nomga ega.
Jadvalning tuzilishi ustunlarning yig’indisi bilan belgilanadi. Jadvalning har 
bir satrida tegishli ustunga mos keluvchi bittadan mazmun joylashgan bo’lib, unda 
ikkita bir xil satr bo’lishi mumkin emas. Ustunlar soni chegaralangan bo’lsada, 
satrlarning umumiy soni chegaralanmagan. Jadvalda ustun va satrlarning joylashish 
tartibi ahamiyatga ega emas. 
Yozuv(qator)


40 
Yozuvlarning yagonaligini ta’minlash uchun jadvalning bir yoki bir necha 
maydonlaridan iborat bo’lgan kalitlardan foydalaniladi. MB ga qo’yiladigan 
talablardan biri katta hajmdagi axborotlar ichidan yozuvlarni tezroq topish 
imkoniyatidir. Kalitli maydonlar bu ishni bajarishni tezlashtirishga imkon beradi. 
Relyatsion MB da birlamchi (dastlabki) va ikkilamchi kalitlar mavjud bo’ladi. 
Birlamchi kalit - jadvalda takrorlanmas va bo’sh bo’lmagan qiymatga 
yozuvlarni bir qiymatli akslantiruvchi atribut yoki atributlar to’plamidir.
Xulosa qilib aytganda: 
MB o’zaro bog’langan jadvallardan tashkil topadi. 
Jadval nomga ega bo’lib, nom bir MB doirasida takrorlanmasdir. 
Jadvalning har bir atributi qabul qiladigan ma’lumotlariga mos ravishdagi 
nomga ega bo’ladi. Har bir jadval doirasida nom takrorlanmasdir. Har bir atribut 
tipga ega va faqat shu tipga tegishli bo’lgan qiymatlarni qabul qiladi. Har bir atribut 
axborotning alohida, bo’linmas birligi sifatidagi qiymatni qabul qilishi lozim. 
Jadvalda atributlar soni cheklangan bo’ladi. 
O’zaro mantiqan bog’langan atributlar yig’indisi yozuvni tashkil qiladi. 
Yozuvning tuzilishi uning tarkibiga kiruvchi, har biri oddiy ma’lumotga ega 
atributlar ketma-ketligi bilan belgilanadi. Yozuv nomga va tipga ega emas. Jadvalda 
yozuvlar soni mantiqan chegaralanmagan.
Jadval satrini ifodalovchi ma’noga ega bo’lgan atribut yoki atributlar to’plami 
jadval kaliti deyiladi. Jadvallarda asosan birlamchi va ikkilamchi kalitlar bo’ladi. 
Jadval kaliti qiymati jadval ichida takrorlanmasa va bo’sh bo’lmasa, u 
birlamchi kalit deyiladi. Har bir jadval o’z birlamchi kalitiga ega bo’lishi zarur. 
Birlamchi kalit bevosita jadval atributlaridan olinsa tabiiy, agar qo’shimcha 
atribut sifatida kiritilsa sun’iy deyiladi. 
Agar birlamchi kalit bir atributdan iborat bo’lsa oddiy, bir necha atributlar 
birlashmasidan iborat bo’lsa murakkab deyiladi. 
Jadval kaliti qiymati jadval ichida takrorlansa va boshqa bir jadval bilan 
bog’lanishni tashkil qilsa, u ikkilamchi kalit deyiladi. Agar birlamchi kalitning 
qiymatiga ko’ra faqat bitta yozuv nusxasi topilsa, ikkilamchi kalit bo’yicha bir necha 


41 
nusxa topilishi mumkin. Bir jadvalda bir nechta ikkilamchi kalit bo’lishi yoki u 
ikkilamchi kalitga ega bo’lmasligi mumkin. Ikkilamchi kalit bo’sh qiymat qabul 
qilishi mumkin. 
3.1-misol. Ta’lim muassasida o’qiydigan biror guruh talabalari to’g’risidagi 
ma’lumotlar bitilgan jadvalni ko’raylik: 
№ Familiyasi 
Ismi 
Tug’il.sanasi Guruhi 
Turar joyi 
Telefoni 
1 Ochilov 
Alisher 
2.05.1978 
5-M 
A.Somiy,4 
2 Qobulov 
Farhod 
2.12.1982 
6-E 
I.Sino,1 
3 Aminov 
San’at 
3.6.1980 
5-M 
6 mkr-2,12 
4 Tolipov 
Jasur 
24.5.1979 
6-E 
Beruniy,2 
Bu misolda 4 ta yozuv bo’lib, ularning har biri 6 ta maydondan iborat. Mazkur 
maydonlarning har biri mos ravishda «Familiyasi», «Ismi», «Tug’ilgan sanasi», 
«Guruhi», «Turar joyi» va «Telefoni» deb nomlangan. Jadvalda har bir yozuv 
o’zining bosh kalitiga ega bo’lishi lozim. Bizning misolimizda bosh kalit tartib 
raqamidir.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin