44
stantsiyalari; dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini kashf qila
oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi. «Kompyuter grafikasi» informatika
sohasida o’rganiladigan ko’pgina fanlar o’quv rejalarining ajralmas qismi bo’lib
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda kompyuter grafikasi quyidagi kurslarning tarkibiy qismi
hisoblanadi:
“Informatika va hisoblash texnikasi” «Informatika va dasturlash» “Kompyuter
informatsion sistemalari” “Moddiy resurslarning
kompyuter informatsion
sistemalari (marketing)” ADP (amaliy dasturlar paketi) Internet asoslari va E-mail
(elektron pochta) “Kompyuter tarmoqlari” va boshqalar. Berilgan ma`lumotlarni
tahlil qilishda, olingan natijalarni ko’rimli qilib ko’rsatishda va taqdimot
(prezentatsiya) uchun materiallar tayyorlashda,
tasvirlarni qayta ishlashda, yangi
murakkab kompozitsiyalar yaratishda zamonaviy kompyuter grafikasi keng
qo’llaniladi. Yuqoridagi sohalar bo’yicha bilim olish va amaliyotda tatbiq qilishda
“Kompyuter grafikasi” qo’l keladi.
Grafikni tuzish va uni tushunish uchun grafika elementlari ma`nosi va ularni
turli holatlarda qo’shilishini o’rganish zarur. Grafik yordamida tayyorlanadigan
voqeliklarni to’g’ri tushunish uni tashkil etuvchi hamma elementlarini to’plami
mavjud bo’lgandagina mumkin.
Tasvirlashning grafik usuli yoki grafik til - bu fikrni
ifodalashning fazoviy
tasvirlash, yoki qandaydir tekislikda shartli ravishda aks ettirish usullarining
to’plamidir. Grafik tasvirlashning namunalari - geometrik kartalar, iqtisodiy
analizning
diagrammalar tizimi, korxonlarning struktura sxemalari va boshqalar.
Qandaydir fikrlar to’plamini ifodalovchi chizmalarni tuzish jarayoni grafiklashtirish
deyiladi, uning natijasi esa - grafika deyiladi. Grafik shartli ravishda voqelikni yoki
qandaydir jarayonni tasvirlaydi. Grafikada qo’llaniladigan hamma belgilar - bu
g’oyalar belgisi, grafikni o’zi yaxlit holatda g’oyalar to’plamini ifodalashdir.
Grafikada ikki xil element ajralib turadi: grafik qiyofa va ekslikatsiya. Grafik
qiyofa - bu chizmalar to’plami bo’lib, o’zaro bog’lanishlari bilan birgalikda
tushuniladi. Eksplikatsiya - grafik obrazning ma`nosini
ochib beradigan
45
ma`lumotlar to’plami. Grafik obraz simvollik yoki geometrik shaklda bo’lishi
mumkin.
Shartli belgilar yordamida tuzilgan, ma`nosi uning geometrik shakliga
bog’lanmagan bo’lib, sharoitga bog’liq holda tushuniladigan obrazlar simvolik
obrazlarga tegishlidir. Shartli belgilar qandaydir tushunchalar (simvollar)
bilan
puxta bog’langan bo’lishi, aniq bir oblast belgilar to’plami esa simvolikalar bilan
ifodalanishi mumkin.
Simvolik ko’rinishdagi ikki ulchovli grafik obrazlar grafikani tashkil etadi.
Geometrik ma`noga ega bo’lgan, shu shaklda biror tenglamani yoki tengsizlikni
ifodalovchi obraz
Dostları ilə paylaş: