42
Birga-ko’p munosabatning ma’nosi shuki, bitta jadvalning har bir yozuvi
boshqa jadvalning bir necha yozuviga to’g’ri keladi (mos keladi). U MB da ko’p
uchraydigan munosabatlar turidir. Berilgan munosabatlar turini ko’rsatish uchun,
korxona mijozlari va ular bergan buyurtmalar to’g’risida ma’lumotlar bo’lgan
jadvallarga murojaat qilishimiz mumkin. Boshqa misol sifatida korxona va unda
ishlaydigan xodimlar orasidagi munosabatlar ko’rilishi mumkin. Xuddi shunday
munosabatlar kompyuter va unga kiruvchi komponentlar orasida mavjud va h-zo.
Ko’pga-bir munosabat avval ko’rilgan tur, birga-ko’p munosabat bilan
o’xshash. Ob’ektlar orasidagi munosabatlar turi sizning nuqtai nazaringizga bog’liq.
Misol, agar siz buyurtmalar va mijozlar orasidagi munosabatlarni ko’rsangiz, u
holda ko’p-bir munosabatni olasiz.
Ko’pga-ko’p munosabat ancha murakkab hisoblanadi. Relyatsion modelda
ko’pga-ko’p munosabat ko’pga-bir yoki birga-ko’p munosabat orqali bog’lanadi.
Buning uchun qo’shimcha jadval tuziladi va bu jadval ikkita jadvalni bog’lashga
xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: